Bahodir Matlyubov
Matlyubov Bahodir Ahmedovich — (1952-yil 10-mart, Samarqand shahri) — Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri (2006-2013)[1][2].
Matlyubov Bahodir Ahmedovich | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri | |
Mansab davri 5-yanvar 2006-yildan – 13-dekabr 2013-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Zokir Almatov |
Vorisi | Adham Ahmadboyev |
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2004-yil 17-fevraldan – 5-yanvar 2006-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Botir Parpiyev |
Vorisi | Sodirxon Nosirov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-mart 1952-yil Samarqand, OʻzSSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1973-yilda Samarqand davlat universitetining yuridik fakultetini bitirgan[3].
1973—1978 — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining jinoiy-qidiruv boʻlimi katta tezkor vakili.
1978—1983 — Samarqand shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari.
1983—1988 — Samarqand shahar Siyob tumani ichki ishlar boʻlinmasi boshligʻi.
1988—1989 — Samarqand shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.
1989—1990 — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
1990—1994 — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
1994—1997 — Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
1997—2004 — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
2004—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi raisi.
2006—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri.
2013—2016 — pensiyada.
2016—2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻi[4].
2021-yil 12-dekabrdan — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻining maslahatchisi.
Mukofotlari va unvonlari
tahrir1996-yilda general-mayor unvoni berilgan.
1999-yilda general-leytenant unvoni berilgan[5][6][7].
Manbalar
tahrir- ↑ Biografiyasi
- ↑ Biografiya, 17-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 15-sentabr 2015-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ https://nrm.uz/contentf?doc=416474_2012_g&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana
- ↑ Matlyubov rahbarlik lavozimiga qaytdi
- ↑ https://lex.uz/docs/2393856
- ↑ PF-2071-son 27.08.1998. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining etti yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
- ↑ PF-2923-son 27.08.2001. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida