Oʻzbek xalq ertaklari haqida ma'lumot.

Ertak — xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi. Ertak Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona oʻzbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida choʻpchak deb ataladi. Ertak hayot haqiqatining hayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyibgʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Ertaklarda uydirma muhim mezon boʻlib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizigʻidagi dinamik harakatning konflikt yechimini taʼminlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari taʼlimiy estetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida oʻziga xos badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda boʻlishi mumkin boʻlmagan yoki mavjud boʻlgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizigʻida tutgan oʻrni va vazifasiga koʻra, ertaklarni 2 guruhga — xayoliy uydirmalar asos boʻlgan ertaklar, hayotiy uydirmalar asos boʻlgan ertaklarga boʻlish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi ertaklar syujeti mo'jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan ertaklar syujeti esa hayotiy tarzda boʻlib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. Ertakda, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning oʻzga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq boʻlib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va gʻayritabiiy kuchqudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aqlidroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.

Ertak janri obrazlar talqini, gʻoyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, uydirmalarning oʻrni va vazifasi, tili va uslubiga koʻra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga boʻlinadi.

Hayvonlar haqidagi ertaklarning bir turi majoziy ertaklardir. Majoziy ertaklarning ("Susambil", "Boʻri bilan tulki", "Tulkining taqsimoti", "Ikki boyqush" va boshqalar) syujeti asosida koʻchma maʼno, allegorik obrazlar yotadi. Masalan, laqmalik va qonxoʻrlik boʻri orqali, ayyorlik va tilyogʻlamachilik tulki orqali ifodalangan.

Sehrli ertaklarda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan boʻladi. Bularda pahlavonlik va qahramonlik madh etiladi ("Yalmogʻiz", "Semurgʻ", "Devbachcha", "Kenja botir" va boshqalar). "Quloqboy", "Handalak polvon", "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon" va boshqalar ertaklar komik, baʼzilari hatto hajviy xarakterga ega. Masalan, "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon"da bosh qahramon xalq orasida shuhrat topgan kal boʻlib, bu komik qahramonning "yolgʻon toʻqishi"dan zulm va jaholat, adolatsizlik kabi mavjud tuzumga xos illatlar qoralanadi, kishilardagi donishmandlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulugʻlanadi.

Maishiy eratklarda koʻproq zulm va adolatsizlik qoralanadi ("Uch ogʻaini botirlar", "Oygul bilan Baxtiyor", "Tohir va Zuhra", "Farhod va Shirin", "Zolim podsho" va boshqalar). Masalan, "Uch ogʻa-ini botirlar" ertagi odatdagidek ota nasihati bilan boshlanadi. Bunda ota kambagʻal, lekin hayot tajribalariga boy boʻlgan shaxs, boshqa variantlarida esa shoh boʻlib, oʻgʻillari shahzodalardir. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi, odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar koʻrinsa, shahzodalar qiyofasida molmulk toʻplash yoʻlida har qanday yomon niyatlardan qaytmaydigan yolgʻonchi, johil kishilar obrazi gavdalangan.

Ertaklar, asosan, didaktik vazifani bajaradi. ertaklarning "Ming bir kecha", "Panchatantra" va boshqalar yaxshi namunalari, G.X. Andersen, V.Xauf, A.S.Pushkin kabilarning mumtoz adabiy E.lari jahon madaniyati xazinasiga kirgan. Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas boglanishi, insonlarga axloqiy va ma'naviy yoldosh bolib kelishidadir. Ertaklar insonning ma'naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan sugorilgan bolib, ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda oziga dush-man bolgan kuchlarga qarshi kurashda doimo golib chiqadi. Xalq ertaklarida ijtimoiy muhim masalalar odilona hal etiladi. Ertaklar sodda va tushunarli bolgani uchun har qanday ki-tobxonga tez yetib boradi. otmishda yaratilgan ertaklarda xalqchillik kurashi ozining haqqoniy badiiy ifodasini topgandir. Xalqning kelajakka bolgan ishonchi, adolatning adolatsizlik ustidan galabasi, yoruglikning zulmatni yengishi, ozod va baxtiyor hayotga erishish g`oyalari yorqin obrazlar orqali tasvirlangan. Ertaklar azaldan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, va­tanga muhabbat, rostgo'ylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuoma­lalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan.

Ertaklar turli mavzularda bo'lishi mumkin. Ular shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga bo'linadi.

Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqadigan fantastik hikoya­lardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziy, ya'ni ko'chma ma'noga ega. Masalan, ayyorlik va munofiqlik tulki, qonxo'rlik, laqmalik bo'ri orqali ifoda etiladi. «Bo'ri bilan tulki», «Echkining o'ch olishi», «Ochko'z bo'ri», «Ayiqpolvon» kabi ertaklar ana shunday asarlardir.

Sehrli ertaklar ham Siz sevib va qiziqib o'qiydigan fantastik hikoyalardir. Ularda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan, asar qahramonlari har narsa qo'lidan keladigan mo'jizakor kimsalar «ur to'qmoq», «ochil dasturxon», «semurg'», «susambil» ertaklaridan iborat. Johillik, ikkiyuzlamachilikni la' natlash, aql- farosatlilik, tadbirkorlik, jasurlik, rahmdillik, ahillik kabi chin insoniy xislatlarni targ'ib qilishdir.

Xalqimiz yaratgan xayoliy hikoyalar orasida shunday turkum ertaklar borki, ularni biz hayotiy-maishiy ertaklar deb ataymiz. Bunday ertaklardagi voqealaming aksariyati hayotga yaqin, hayotdan olingan. «Zumrad va Qimmat», «Oygul bilan Baxtiyor», «Ziyod botir», «Tohir va Zuhra», «Ozodaehehra», «Farhod va Shirin», «Malikayi Husnobod», «Ueh og'a-ini botirlar» ana shunday ertaklar sirasidandir. Biz yuqorida tilga olgan hayotiy-maishiy ertaklar kishida jiddiy fikr-mulohazalar uyg'otadigan, muayyan tarbiyaviy yo'nalishga ega bo'lgan asarlardir. Siz ular bilan tanishgach, botirlik, yurtga fidoyilik, odamgarchilik, vafodorlik, himmat va saxovat haqida aniq tasavvurga ega bo'lasiz, o'zingizda ham ertaklar qahramonlaridagi yaxshi fazilatlami bo'lishini xohlab qolasiz, shunga intilasiz.

Ertaklarni ham tinglaymiz, ham o'qiymiz dedik. Tinglaydigan er­taklarimiz professional ertak aytuvchilar, ya'ni ertakchilar tomonidan qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Ertakchilar shunchaki hikoya qilmaydilar. Har bir ertakchi u yoki bu ertakni qayta yaratadi desak, xato bo'lmaydi. Chunki ularning har biri o'zining hikoya qilish uslubi, didi, dunyoqara­shiga ko'ra ajralib turadi. Bundan tashqari, ertakchi tinglovchilarning saviyasi va talabiga ko'ra ertakni o'zgartirishi mumkin. O'zbek xalq og'zaki ijodi tarixida ertaklaming badiiy asar darajasiga ko'tarilishi va bugungi kungacha saqlanib qolishida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o'g'li, Haydar Baychi o'g'li, Nurali Nurmat o'g'li, Husanboy Rasul o'g'li kabi ertakchi, matalchilarimiz katta xizmat qilganlar. Ular og'zidan yozib olingan 0' zbek xalq ertaklarining bebaho namunalari bizga hanuzgacha ma'naviy zavq berib kelyapti. O'zbek adabiyotida xalq ertaklari asosida yaratilgan she'riy, nasriy asarlar teatr va kinoda ham o'z aksini topgan. Qiziqarli ertaklar sujeti asosida sahna asarlari, kinofilmlar ­multfllmlarni bolalar sevib tomosha qilmoqda.

Bolalar, ertaklaming yaratilishiga ko'ra yana bir turi - yozma ertaklar ham mavjudki, ujahon adabiyoti, xususan, o'zbek yozma adabiyotining katta qismini tashkil etadi. Keyingi ikki - uch yuz yillikda fransuz ertakchisi Sharl Perro (1628-1703), nemis ertaknavislari Emst Teodor Amadey Gofman (1776-1822), aka-uka Yakob Grimm (1785-1863) va Velgelm­Karl Grimm (l786-1859)lar, Vilgelm Gauf (1802-1877), daniyalik Hans Kristian Andersen (1805-1875), angliyalik Oskar Uayld (1854­1900), rus ertakchilari A. S. Pushkin (1799-1837) ijodining roppa-rosa o'n yilini faqat bolalar uchun hikmatli hikoyalar va ertaklar yaratishga bag'ishlagan L. N. Tolstoy (1828-1910), K. D. Ushinskiy (1824-1870) yozma ertakchilikni rivojlantirishga katta hissa qo'shdilar. O'zbek yozma ertakchiligi ham katta tarixga ega. Jadid bobolarimiz Mahmudxo'ja Bchbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Siddiqiy-Ajziy o'zlari tuzgan maktab darsliklari uchun ko'plab ibratli ertaklar yaratdilar. O'tgan asr o'rtalarida Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg'», Sulton Jo'raning «Zangori gilam», Shukur Sa'dullaning «Ayyor chumchuq», «No'xat polvon», «Laqma it» she'riy ertaklari, «Yoriltosh», «Afsona yaratgan qiz» ertak-pyesalari, «Kachal polvon» ertak-qissasi mashhur bo'ldi. Adiblarimizning ertakchilik sohasidagi an'analarini keyinchalik X. To'xtaboyev, A. Obidjon, T. Adashboyev, 0'. Imon­berdiyev kabi ertaknavis mualliflarimiz davom ettirdilar.

«Ertaklar - yaxshilikka yetaklar» degan naql bar xalqimizda. Ular shunchaki ko'ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-shavq bag'ishlovchi ma'naviy manbadir.



Manbalar

tahrir

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2.Kemal H. Karpat, Studies on Turkish Politics and Society:Selected Articles and Essays, (Brill, 2004), 441.

3.Jing PengChinese Lexicography : A History from 1046 BC to AD 1911: A History from 1046 BC to AD 1911. OUP Oxford, 14-avgust 2008-yil — 379–80 bet. ISBN 978-0-19-156167-2.

yaratdi

tahrir

Bobojonova Gulchehra