Matal
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Matal — muayyan hayotiy hodisani aniq va toʻgʻri belgilab beradigan obrazli ifoda, ibora. M.da oʻxshatish, taqqoslash, kinoya, qochiriq soʻz kabi badiiy vositalardan foydalaniladi. Majoziy iboraning oʻz asl maʼnosi bilan koʻchma maʼnosi oʻrtasida yaqinlik, mantiqiy bogʻlanish boʻlishi lozim. M. bir yoki bir necha jumladan tuziladi, ular orasida qofiyalanish hamisha ham saqlanmaydi. Mas, "Shamol boʻlmasa, daraxtning shoxi qimirlamas", "Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit" va boshqa[1].
Lugʻaviy maʼnosi
tahrirMatal – [arabcha متل] so‘zi, birinchi navbatda, tugal ma’no ifodalamaydigan obrazli ibora, hikmatli so‘z (mas., ,,qizil qor yog‘ganda”, ,,tuyaning dumi yerga tekkanda”). ikkinchidan, qissa, masal ma’nolarini bildiradi[2].
Farqli jihati
tahrirMаtal muayyan hayotiy hodisani aniq va to‘g‘ri belgilab beradigan obrazli ifoda, ibora: maqollardan farqli ravishda ibratli maslahat tariqasidagi umumlashtiruvchi ma’nodan holi bo‘ladi. Masalan, qozonni suvga tashladik, tuyaning dumi yerga tekkanda kabi[3].
Folklor janri
tahrirMatal - u yoki bu hayotiy voqeallika ekspreassiv tus beruvchi, xalq orasida tarqalgan ifodalar, Xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri. Matal xalq maqoli bilan ba’zi o‘xshashliklarga ega bo‘lsa-da, lekin o‘ziga xos jihatlari bilan undan farqlanib turadi. Matal termini o‘zbek tilining Surxondaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatidagi ba’zi shevalarda ertak ma’nosini ham beradi[4].
Qoʻllanilishi
tahrirMatallar so‘zning ko‘p ma’nolariga tayanganligi uchun nutqiy frezalogik iboralarga qarama-qarshi hollarda o‘xshatish va qiyoslashlarni kuchaytiradi. Matalar hamma vaqt tarkibi qanday bo‘lishidan qa’tiy nazar, grammatik jihatdan gapning bir bo‘lagi bo‘lib keladi.
Manbalar
tahrir