Oʻzbekiston tarixi (jurnal)
«Oʻzbekiston tarixi» — ilmiy-tarixiy jurnal. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti nashri. Jurnalga 1998-yil iyulda asos solingan. Uning 1-soni 1999-yil yanvarda chiqqan. Toshkent shahrida har 3 oyda 1-marta chop qilinadi (oʻzbekcha va ruscha maqolalar birgalikda). «Oʻzbekiston tarixi» tarixchi mutaxassislar, oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari va talabalari hamda Oʻzbekiston tarixi bilan qiziquvchilarga moʻljallangan.
Jurnaldagi «Oʻzbekiston davlatchiligi tarixidan», «Tarixda shaxslar», «Munozara va muhokama», «Yosh tadqiqotchi minbari», «Tarixiy atamalar», «Toponimika va tarix», «Tarixga yangi nigoh», «Tarixshunoslik», «Etnologiya masalalari» va boshqalar ruknlar ostida Turkiston va Oʻzbekiston tarixiga oid ilmiy maqolalar eʼlon qilinadi.
Shuningdek, tarixchi olimlar ishtirokida respublika va xorijda oʻtkazilgan turli ilmiy anjumanlar va xalqaro konferensiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar beriladi.
Bosh muharriri — D.Alimova (2000-yildan). Adadi 462 nusxa (2005).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |