Pensilvaniya (rasmiy nomi Pensilvaniya Hamdoʻstligi, inglizcha: Commonwealth of Pensylvania — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Shtat shiori — „Xushkorlik, erkinlik va mustaqillik“. Poytaxti — Harrisburg shahri.

Pensilvaniya
Pensylvania
Shtat
Pensilvaniya bayrogʻi Pensilvaniya tamgʻasi
Pensilvaniya bayrogʻi Pensilvaniya tamgʻasi

Shtat laqabi: Keystone Shtati
(Keystone State)

Fayl:Pensylvania in United States.svg
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Harrisburg
Eng yirik shaharlar Filadelfiya
Pittsburg
Allentown
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 33-oʻrinda

119,283 km²
2.69 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 6-oʻrinda

12,429,616
105.8 kishi/km²
20
21

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 6-oʻrinda

$495,089 million
$39,766

Ittifoqqa kirish

   • Sana

2-boʻlib

12 dekabr 1787

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma PA [42]
Shtat guli Mountain Laurel

(Kalmia latifolia)

Shtat daraxti Eastern Hemlock

(Tsuga canadensis)

AQShning shimolisharqiy qismidagi shtat. Sharqda Delaver daryosi bilan, shim.-gʻarbda Eri koʻli bilan chegaralangan. Maydoni 117,4 ming km². Aholisi 12,3 mln. kishi (2002), 69% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Harrisberg shahri; yi-rik sanoat shaharlari: Filadelfiya va Pitsburg . Pennsilvaniya — AQShning dastlabki 13 shtatidan biri; bu yerga yevropaliklar 17-asrdan koʻchib kela boshlagan.

Yer yuzasining katta qismini Appalachi togʻlari egallagan, uning shtat hududidagi eng baland joyi 979 m. Janubi-sharqida Atlantika boʻyi pasttekisligi bor. Iqlimi sernam, moʻʼta-dil iqlim. Yillik yogʻin 1000 mm. Daryolarida kema qatnaydi. Pennsilvaniya — AQShning iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan shtatlaridan. Qora metallurgiya, konchilik sanoatlari rivojlangan. Pennsilvaniya choʻyan va poʻlat eritishda, koks ishlab chiqarishda mamlakatda yetakchi oʻrinda. Toshkoʻmir, antratsit, ozroq miqdorda neft, tabiiy gaz, temir rudasi qazib chiqariladi. Metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik (ayniqsa, kon va yoʻl qurish mashinalari, kemasozlik, re-aktorsozlik, elektrotexnika, radioelektronika), sement, kimyo, neftni qayta ishlash, oyna, toʻqimachilik, tikuvchilik korxonalari bor.

Qishloq xoʻjaligi shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Chorvachilik va parrandachilik qishloq xoʻjaligi tovar maqsulotining 3/4 qismini beradi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan[1].


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil