Kontent qismiga oʻtish

Francesco Camarda: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Anakin F (munozara | hissa)
Anakin F (munozara | hissa)
Qator 114: Qator 114:


{{DEFAULTSORT:Camarda, Francesco}}
{{DEFAULTSORT:Camarda, Francesco}}
[[Category:Italy men's youth international footballers]]

2024-yil 4-oktyabr, 14:24 dagi koʻrinishi

Francesco Camarda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Francesco Camarda
Tavallud sanasi 10-mart 2008-yil (2008-03-10) (16 yosh)[1]
Tavallud joyi Milan, Italiya[1]
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AC Milan
Raqami 73[2]
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2014–2015 Afforese
2015–2024 AC Milan
Xalqaro medallar

Francesco Camarda (2008-yil 10-martda tugʻilgan)[1] – italiyalik professional futbolchi, A Seriyaning „Milan“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Hayotining dastlabki qismlari

Camarda Italiyaning Milan shahrida tugʻilgan. Bolaligida u kikboksingga ham qiziqqan[3].

Klubdagi faoliyati

AC Milan

Yoshlar tarkibida

Camarda oʻz faoliyatini Milanning Affori shahridagi Afforese futbol maktabida boshlagan va u yerda oʻsib ulgʻaygan[3]. Afforesedalik vaqtida u AC Milan professional jamoasi akademiyasida mashgʻulot oʻtkazdi va 2015-yilda Afforese bilan bir yildan koʻproq vaqt oʻtgach, klubga doimiy ravishda qoʻshildi[3]. „Milan“dagi birinchi mashgʻulotda u himoyachi sifatida maydonga tushdi, ammo raqib jamoalarga doimiy ravishda dribling oʻtkazib, gol urganidan soʻng, hujumchi sifatida oʻynash uchun oldinga oʻtkazildi[3].

„Milan“ akademiyasidagi faoliyati davomida Camarda oʻzini samarali toʻpurar sifatida koʻrsatdi; Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtgan 9 yoshgacha boʻlgan turnirdagi Germaniyaning „Bavariya“ jamoasiga 2:0 hisobida magʻlub boʻlayotgan oʻyinda jarohati tufayli tarkibga kirmagandi. U murabbiysidan maydonga tushirishini soʻradi va yakunda jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozondi, Camarda boʻlsa ikkita gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi[3]. Uning futbolchilik formasi rivojlanishi klub akademiyada yana ham jadallashdi va Milanning 15 yoshgacha boʻlgan jamoasi uchun 24 oʻyinda 22 ta gol urdi va ularni 15 yoshgacha boʻlgan Skudetto chempionligiga erishishiga katta yordam berdi[4].

Oxir-oqibat, uning gol urish qobiliyatlari xalqaro ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi va u „Milan“ akademiyasi uchun atigi 89 oʻyinda 485 ta gol urganligi uchun juda katta shov-shuvga erishdi, bu esa har bir oʻyinda oʻrtacha 5,45 gol degani edi[5][6][7][8][9]. U oʻn toʻrt yoshida „Milan“ning 19 yoshgacha boʻlgan jamoasida mashgʻulot oʻtkazdi va „Eccellenza“ jamoasi „Solbiateze“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jamoa uchun ikkita gol urdi.

Camarda UEFA Yoshlar ligasidagi debyutini 2023-yil 19-sentyabr kuni „Newcastle United“ga qarshi oʻtkazdi va 4:0 hisobidagi gʻalabada dubl qayd etdi[10]. Bu natija bilan Camarda turnirda dubl qayd etgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi va 15 yoshu, 193 kun bilan italiyalik eng yosh toʻpurarga aylandi va Fabritsio Kaligaraning 16 yoshu, 189 kun rekordini yangiladi[11][12].

Kattalar tarkibida

2023-yil noyabr oyida jarohatlar koʻpayib ketganligi tufayli „Milan“ bosh murabbiyi Stefano Pioli Camardani asosiy tarkibni 2023-yil 25-noyabrda „Fiorentina“ ga qarshi A Seriya oʻyiniga chaqirdi; buning uchun klub Italiya futbol federatsiyasidan ruxsat soʻrashga majbur boʻldi, chunki 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilarga odatda Italiya asosiy jamoasining tarkibida boʻlishiga ruxsat berilmaydi[2]. Oxir-oqibat u 83-daqiqada Luka Jović oʻrniga maydonga tushdi va 15 yoshu, 260 kun yoshida A Seriyaning eng yosh futbolchisiga aylandi[13][14][15].

Camarda yangi tashkil etilgan „Milan Futuro“ zaxira jamoasida debyutini 2024-yilning 10-avgustida oʻtkazdi va Italiya kubogi C seriyasining birinchi bosqichida Lekkoga qarshi safarda 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[16].

2024-yilning 17-avgustida u Italiya C seriyasining 1/8 finalida Novaraga qarshi oʻyinda „Milan Futuro“ mehmonda 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkita gol urdi[17].

Xalqaro darajadagi faoliyati

Camarda Italiyani 15 yoshgacha[18], 16 yoshgacha[19], va 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarini himoya qilgan[20]. 17 yoshgacha terma jamoasi bilan u 2024-yilgi UEFA 17 yoshgacha Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[21].[4]

Faoliyati statistikasi

Klubdagi

Bu mavsum klubdagi statistikasi
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Yevropa Umumiy
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Apps Goals
AC Milan 2023–24 Serie A 2 0 0 0 0 0 2 0
Milan Futuro 2024–25 Serie C 4 1 2[lower-alpha 1] 2 6 3
Umumiy faoliyatida 6 1 2 2 0 0 8

Yutuqlar

Italiya U-17

Shaxsiy yutuqlar

  • 17 yoshgacha Yevropa chempionati eng yaxshi oʻyinchisi: 2024[23]
  • 17 yoshgacha Yevropa chempionati ramziy jamoasi: 2024[24]

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 „Francesco Camarda“. AC Milan. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „Milan, Camarda indosserà la maglia numero 73“ (it). Gianluca Di Marzio.com (2023-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Carzaniga, Dennis „Camarda, il momento in cui tutto ebbe inizio: "Vieni a dare due calci al pallone invece che alla rete?"“ [Camarda, the moment it all began: "Are you coming to kick the ball instead of the net?"] (Italian). sprintesport.it (2022-yil 14-iyul). Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  4. Barilaro, Andrea „Francesco Camarda, il predestinato: "Sogno la Serie A con il Milan. Scudetto? Emozione incredibile"“ [Francesco Camarda, the predestined: "I dream of Serie A with Milan. Scudetto? Incredible emotion"] (Italian). sprintesport.it (2022-yil 25-iyun). Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  5. Cardenas C., Renato „Pelé le queda chico: Camarda, la ‘joya’ del Milan que lleva más de 500 goles con 14 años“ [Pelé is too small for him: Camarda, the 'jewel' of Milan who has scored more than 500 goals at the age of 14] (Spanish). depor.com (2023-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  6. „Fixem esta cara: Francesco Camarda tem 14 anos e está a chegar aos... 500 golos“ [Look at this face: Francesco Camarda is 14 years old and is reaching... 500 goals] (Portuguese). record.pt (2022-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  7. Pietrella, Francesco „A 14 anni fa già gol in Primavera: chi è Camarda, il tesoro custodito dal Milan“ [At the age of 14 he already scored in the Primavera: who is Camarda, the treasure guarded by Milan] (Italian). gazzetta.it (2022-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 22-mart. (subscription required)
  8. „Francesco Camarda, el chico de 14 años que juega en Milan y tiene un récord increíble: hizo 485 goles en 89 partidos“ [Francesco Camarda, the 14-year-old boy who plays for Milan and has an incredible record: he scored 485 goals in 89 games] (Spanish). lanacion.com.ar (2022-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  9. Hartmann, Florian „485 Tore in 89 Spielen! Das ist Italiens neuer Wunder-Stürmer“ [485 goals in 89 games! This is Italy's new miracle striker] (German). sport.sky.de (2023-yil 1-mart). Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  10. Mzoughi, Wajih „Francesco Camarda's brace vs Newcastle; the player achieves an incredible record in the UEFA Youth League competition“ (en-GB) (2023-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
  11. Cruz Valdivia, Christian „Francesco Camarda, el jugador de 14 años destinado a romper récords: lleva más de 500 goles en un centenar de partidos“ [Francesco Camarda, the 14-year-old player destined to break records: he has scored more than 500 goals in a hundred games] (Spanish). elcomercio.pe (2022-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  12. Asahara, Makoto „14-åringens osannolika statistik – 5.4 mål per match“ [The 14-year-old's improbable statistics – 5.4 goals per game] (Swedish). aftonbladet.se (2022-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  13. „MILAN-FIORENTINA, FRANCESCO CAMARDA DIVENTA IL PIÙ GIOVANE DI SEMPRE A ESORDIRE IN SERIE A: LA TOP 10“ (it). Eurosport (2023-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  14. „Brividi Camarda: entra per il riscaldamento e dalla Sud parte il coro. E quanti applausi all'esordio“ (it). La Gazzetta dello Sport (2023-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  15. „Camarda, 15, becomes youngest Serie A player“.
  16. https://www.acmilan.com/en/news/articles/milan-futuro/2024-08-10/winning-debut-for-milan-futuro-3-0-against-lecco
  17. https://www.acmilan.com/en/news/articles/milan-futuro/2024-08-17/camarda-brace-milan-futuro-through-against-novara-2-1
  18. Andoza:FIGC Italy U15 player
  19. Andoza:FIGC Italy U16 player
  20. Andoza:FIGC Italy U17 player
  21. „Italy's Francesco Camarda named 2024 UEFA European Under-17 Championship Player of the Tournament“ (en). UEFA.com (2024-yil 5-iyun). Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  22. „UEFA Under-17 EURO final report: Italy 3-0 Portugal“. UEFA.com (2024-yil 5-iyun). Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  23. „Italy's Francesco Camarda named 2024 UEFA European Under-17 Championship Player of the Tournament“ (en). UEFA.com (2024-yil 5-iyun). Qaraldi: 2024-yil 5-iyun.
  24. „2024 UEFA European Under-17 Championship Team of the Tournament“. UEFA.com (2024-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.



Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found