Kontent qismiga oʻtish

Leyden universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 14-iyun, 18:31 dagi Zoirovna (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Leyden universiteti
Asos solingan sanasi 1575-yil 8-fevral
Prezidenti Annetje Ottow
Rektori Hester Bijl
Talabalari 37 ming 136 nafar

Leyden universiteti – 1575-yil Leyden shahrida shahzoda Vilgelm I (Oranjlik) tomonidan tashkil etilgan Niderlandiyadagi eng qadimiy va yirik universitet. Ilohiyot, huquq, tibbiyot, tabiiy va ijtimoiy fanlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Leyden universitetida 17 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi[1]. Oʻzining tarixiy asoslari va ijtimoiy fanlarga boʻlgan eʼtibori bilan mashhur boʻlgan universitetdir. Universitetda yettita akademik fakultet va ellikdan ortiq fan boʻlimlari mavjud boʻlib, ularda qirqdan ortiq milliy va xalqaro tadqiqot institutlari joylashgan. Leyden universitetining tarixiy asosiy kampusi kollej shaharchasida mavjud boʻlgan binolardan iborat boʻlsa, Gaagada joylashgan ikkinchi kampusda liberal sanʼat kolleji (Leiden University College The Gaaga) va uning bir qancha fakultetlari joylashgan.

Universitetda markaziy kampus yoʻq. Leyden universitetining binolari shahar boʻylab yoyilgan. Baʼzi binolari: Gravensteen binosi juda eski boʻlsa, Van Steenis, Lipsius va Gorleus binolari esa ancha zamonaviyroqdir[2].

Universitet kutubxonasida 5,2 milliondan ortiq kitob va ellik ming dona jurnal mavjud. Shuningdek, unda Gʻarb va Sharq qoʻlyozmalari, bosma kitoblar, arxivlar, bosma nashrlar, chizmalar, fotosuratlar, xaritalar va atlaslar toʻplami mavjud. 2005 yilda Leyden kutubxonalarining biridan Eynshteynning monoatomik ideal gazning kvant nazariyasi haqidagi qoʻlyozmasi topilgan[3].