Leyden universiteti
Asos solingan sanasi | 1575-yil 8-fevral |
---|---|
Prezidenti | Annetje Ottow |
Rektori | Hester Bijl |
Talabalari | 37 ming 136 nafar |
Leyden universiteti – 1575-yil Leyden shahrida shahzoda Vilgelm I (Oranjlik) tomonidan tashkil etilgan Niderlandiyadagi eng qadimiy va yirik universitet. Ilohiyot, huquq, tibbiyot, tabiiy va ijtimoiy fanlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Leyden universitetida 17 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi[1]. Oʻzining tarixiy asoslari va ijtimoiy fanlarga boʻlgan eʼtibori bilan mashhur boʻlgan universitetdir. Universitetda yettita akademik fakultet va ellikdan ortiq fan boʻlimlari mavjud boʻlib, ularda qirqdan ortiq milliy va xalqaro tadqiqot institutlari joylashgan. Leyden universitetining tarixiy asosiy kampusi kollej shaharchasida mavjud boʻlgan binolardan iborat boʻlsa, Gaagada joylashgan ikkinchi kampusda liberal sanʼat kolleji (Leiden University College The Gaaga) va uning bir qancha fakultetlari joylashgan.
Kampusi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitetda markaziy kampus yoʻq. Leyden universitetining binolari shahar boʻylab yoyilgan. Baʼzi binolari: Gravensteen binosi juda eski boʻlsa, Van Steenis, Lipsius va Gorleus binolari esa ancha zamonaviyroqdir[2].
Kutubxonasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitet kutubxonasida 5,2 milliondan ortiq kitob va ellik ming dona jurnal mavjud. Shuningdek, unda Gʻarb va Sharq qoʻlyozmalari, bosma kitoblar, arxivlar, bosma nashrlar, chizmalar, fotosuratlar, xaritalar va atlaslar toʻplami mavjud. 2005 yilda Leyden kutubxonalarining biridan Eynshteynning monoatomik ideal gazning kvant nazariyasi haqidagi qoʻlyozmasi topilgan[3].
Vikiomborda Leyden universiteti haqida turkum mavjud |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Vier eeuwen geschiedenis in steen. Universitaire gebouwen in Leiden. Leiden, 2005 ISBN 90-9018052-4
- ↑ BBC NEWS | Europe | Student unearths Einstein paper.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |