Oliver Rowland
Oliver Rowland | |
---|---|
Oliver Rowland,2012 | |
Millati | britaniyalik |
Tugʻilgan joyi |
10-avgust 1992-yil Barnsley, Janubiy Yorkshire, Angliya |
Musoboqalarda faoliyati | |
Avtomobil raqami | 9 |
Sobiq jamoasi | DAMS |
Startlar | 22 |
Gʻalabalar | 2 |
Unvonlar | 10 |
Pole pozitsiyasi | 1 |
Tez aylanishlar | 2 |
Oliver Rowland (1992-yil 10-avgustda tugʻilgan) — britaniyalik poygachi. Hozirda u Mahindra Racing jamoasi uchun Formula E musobaqalarda qatnashmoqda. U avvalroq 2018 WEC mavsumida Manor Motorsport jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Shuningdek, 2018-yilgi Formula 1 mavsumida Williams F1 Teamning yosh haydovchisi boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karting
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barnslida tugʻilgan Rowland yetti yoshida karting bilan shugʻullana boshlagan va Buyuk Britaniya boʻylab turli klasslarda oʻn yil davomida poygalarda ishtirok etgan. 2002-yilda Super 1 National Cadet Championshipda ikkinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Rowland keyingi ikki yil davomida ketma-ket chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2005-yilda Rowland JICA klassi seriyasiga o‘tdi va yana Will Stevensdan ikki ochko ortda qolib, chempionatda ikkinchi o‘rinni egalladi. Rowland 2006-yilda ham chempion Jack Harvedan bir ochko ortda qolib, unvondan mahrum boʻlgan. Shuningdek, Monako Kart kubogida Zip Kart jamoasida ishtirk etib, Millennium Motorsport vakili Scott Jenkinsdan keyin ikkinchi bo‘ldi. Shuningdek, u klass boʻyicha Yevropa chempionatida 20-oʻrinni egalladi. Oldingi ikkita farqli ravishda 2007-yilda eng yaqin raqibini 30 ochko ortda qolgan holda Super 1 JICA unvonini qoʻlga kiritdi. Keyinchalik, Joyner Britaniya ochiq chempionatida qatnashdi, u yerda Rowland uchinchi oʻrinni egalladi. Qitʼa poygalarida biri Monako poygasida 25-oʻrinni, Yevropa chempionatida esa 37-oʻrinni egalldi. Rowland 2008-yilda KF2 musobaqasiga oʻtdi va Toni Kart Racing Team aʼzosi boʻldi. Rowland CIK-FIA Jahon kubogi musobaqasida gʻolib chiqdi, shuningdek, WSK xalqaro seriyasida uchinchi va Yevropa chempionatida beshinchi oʻrinni egalladi. U, shuningdek, KF1 Osiyo-Tinch okeani poygalarida ishtirok etdi va ushbu musobaqada oʻn birinchi oʻrinni egalladi.
Rowland kartingni tark etgach Formula Renaultga oʻtdi va 2010-yilgi Formula Renault UK qishki seriyasida CRS Racing jamoasi bilan ishtirok etdi[1]. Shuningdek, uning oʻqishni bitirishi uchun Racing Steps jamoasi homiylik qildi[2]. U Snettertondagi birinchi avtopoygada ikki marta oʻn ikkinchi oʻrinni egalladi.
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eurocup Formula Renault 2.0
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Jamoa | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | Oʻrin | Ball |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2012 | Fortec Motorsports | ALC 1 6 |
ALC 2 8 |
SPA 1 26 |
SPA 2 4 |
NÜR 1 8 |
NÜR 2 I\E |
MSC 1 3 |
MSC 2 3 |
HUN 1 16 |
HUN 2 6 |
LEC 1 15 |
LEC 2 6 |
CAT 1 5 |
CAT 2 1 |
3 | 109 |
2013 | Manor MP Motorsport | ALC 1 10 |
ALC 2 3 |
SPA 1 1 |
SPA 2 33 |
MSC 1 2 |
MSC 2 1 |
RBR 1 5 |
RBR 2 1 |
HUN 1 8 |
HUN 2 3 |
LEC 1 6 |
LEC 2 3 |
CAT 1 2 |
CAT 2 28 |
2 | 179 |
24 Hours Le Mans
[tahrir | manbasini tahrirlash]YIL | Jamoa | Yordamchi haydovchi | Avtomobil | Klass | Aylanish | Poz. | Klass Poz. |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2018 | CEFC TRSM Racing | Alex Brundle Oliver Turvey |
Ginetta G60-LT-P1-Mecachrome | LMP1 | 137 | DNF | DNF |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Drivers set for RSF FRUK seat battle“. racingsteps.co.uk. Racing Steps Foundation (2010-yil 27-oktyabr). 2012-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-dekabr.
- ↑ „Thrilling Victory For Oliver Rowland At Pembrey“. CRS Racing. CR Scuderia (2010-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 5-dekabr.[sayt ishlamaydi]