Jump to content

Valentin Ovechkin

From Vikipediya
Valentin Vladimirovich Ovechkin
Tavalludi 22-iyun 1904-yil
Taganrog, Rossiya imperiyasi
Vafoti 27-yanvar 1968-yil(1968-01-27)
(63 yoshda)
Toshkent, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Yozuvchi, jurnalist
Mukofotlari

Valentin Vladimirovich Ovechkin (1904-yil 22-iyun, Taganrog – 1968-yil 27-yanvar, Toshkent) – rus sovet nosiri va dramaturgi, jurnalist. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1941). Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi[1].

Hayoti

[edit | edit source]

Valentin Vladimirovich Ovechkin 1904-yil 22-iyunda Taganrogda bank xodimi oilasida tugʻilgan. 1917-yilgacha u yerda maktabda oʻqigan, etikdoʻzning shogirdi boʻlib ishlagan[2]. Keyin, 1920-yilgacha u Taganrog texnikumida oʻqidi, lekin oʻqishni oxirigacha tugatmadi. 1921-yilda qishloqda qarindoshlari bilan yashab, u yerda ishchi va etikdoʻzlik bilan shugʻullanishga majbur boʻldi. 1923-yildan oʻquv maktabida oʻqituvchi, keyin Taganrog viloyati, Yefremovka qishlogʻida tashkil etilgan oʻquv binosiga mudir boʻldi.

1924-yilda Ovechkin komsomolga qoʻshildi va komsomol yacheykasi kotibi etib saylandi. 1925-yilda Azov viloyatidagi birinchi qishloq xoʻjaligi kommunasining raisi etib saylandi. 1929-yildan KPSS(b) aʼzosi. 1931-yildan u partiya va kasaba uyushma ishida (qishloq partiya qoʻmitasi kotibidan Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi okrug qoʻmitasining tashkiliy boʻlimi mudiri va Kislovodsk shahar kasaba uyushmasi raisigacha) faol ishtirok etgan.

U ijodini XX asrning 20-yillari oʻrtalarida boshlagan. 1928—1929-yillarda „Krasnoe Znamya“ gazetasida ilk ishlarini chop ettirgan. 1934-yildan boshlab u professional jurnalist sifatida „Armavir kommunasi“, „Bolgʻa“, „Kolxoz haqiqati“ (Rostov-Don) va „Bolshevik“ (Krasnodar) gazetalari tahririyatlarida ishlagan, asosan qishloq va kolxoz qurilishi muammolari haqida yozgan.

„Savelyev“ nomli birinchi hikoyasi „Bednota“ gazetasida (1929) nashr etilgan. Uning birinchi hikoyalar toʻplami 1935-yilda nashr etilgan. 1939-yildan V.Ovechkin ijodiy ishlarini Moskva jurnallarida nashr eta boshladi. 1941-yilda V. V. Ovechkin SSSR Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi[3].

Ulugʻ Vatan urushi boshida u kazak boʻlinmalariga qoʻshilgan, piyoda ofitser sifatida jang qilgan. Stalingraddan Ukrainagacha boʻlgan janglarda qatnashgan. Qrim fronti va 51-armiyaning armiya va front gazetalarida ishlagan. 1943-yil oktyabr oyida Qizil Armiya siyosiy boʻlimi buyrugʻi bilan V.V.Ovechkin ishdan boʻshatilib, Kievga „Pravda Ukrainy“ gazetasida ishlash uchun yuborildi[4].

1948-yilda u Kursk viloyatining viloyat markazi Lgov shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda dramaturg sifatida faoliyatini davom ettirdi. U 1963-yilda Toshkentga koʻchib oʻtadi[5][6]. Keyinchalik u Toshkentdan Rossiyaga qaytmoqchi boʻlgan, ammo moliyaviy muammolar va yurak xuruji bu rejalarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilgan. Valentin Vladimirovich 1968-yil 27-yanvarda Toshkentda vafot etdi va shahardagi Botkin qabristoniga dafn qilindi[7].

Ijodi

[edit | edit source]

Kitoblar

[edit | edit source]
  • Kolxoznыe rasskazы, 1935
  • Rasskazы, 1939
  • Praskovьya Maksimovna Bondarenko, 1939
  • Stepnoy dorogoy i dr. rasskazы, 1941
  • Stepnoy dorogoy, 1942
  • Praskovьya Maksimovna, 1941
  • S frontovыm privetom, 1946; 1947; 1949; 1972; 1973
  • Praskovьya Maksimovna, 1947
  • Gosti v Stukachax, 1946; 1947; 1948; 1953; 1972; 1978
  • Slepoy mashinist: Rasskaz. Kursk, 1949. — 32 s.
  • Nastya Kolosova, 1950; 1951
  • Xozyaeva jizni, 1950
  • Na perednem krae, 1953; 1954
  • V tom je rayone, 1954
  • Ocherki o kolxoznoy jizni, 1953, 2-e izd. — 1954
  • Rayonnыe budni, 1953; 1954; 1955; 1956; 1957; 1980; 1984; 1987
  • Trudnaya vesna, 1956; 1957; 1983
  • Nastya Kolosova: Pьesa v 3 d., 4 kart.: Novaya red., 1959
  • Navstrechu vetru: Pьesa v 3 d., 6 kart., 1959
  • Letnie dojdi: Pьesa v 3 d., 9 kart., 1960
  • Upryamыy xutor, 1960

Mukofotlari

[edit | edit source]

Xotirasi

[edit | edit source]

Kurskdagi koʻchalardan biriga nomi berilgan[8]. 1972-yildan beri Kurskda har yili V.Ovechkin nomidagi jurnalistlar tanlovi oʻtkazib kelinmoqda[9][10].

Adabiyotlar

[edit | edit source]
  • Pisateli Sovetskogo Dona: Bio-bibliogr. spravochnik. Vыp. 1 i 2 / [Sost.: D. I. Rumanova, D. K. Jak i dr.]. — Rostov n/D.: Tip. izd-va «Molot», 1948. — S. 69—71. — 112 s. — (Rost. gos. nauch. b-ka im. K. Marksa). — 2500 ekz.
  • Lilya Sharifovna Vilьchek : Valentin Ovechkin. Jiznь i tvorchestvo. — M. izd. Xudojestvennaya literatura, 1977, 182 str. tiraj 10000

Vospominaniya o V.Ovechkine. Sbornik. M. izd. Sovetskiy pisatelь, 1982, 336 str. tiraj 30000

Manbalar

[edit | edit source]
  1. Nikolay, Skatov. Russkaya literatura XX veka: prozaiki, poetы, dramaturgi : biobibliograficheskiy slovarь. OLMA Media Grupp, 2005 — 679—681-bet. ISBN 9785948482620. 
  2. «Gorenka»: Rossiyskiy informatsionnыy novostnoy portal. Kalinina Elena. Rubrika: Izvestnыe kuryane: Ovechkin Valentin Vladimirovich (Wayback Machine saytida 2023-02-07 sanasida arxivlangan)
  3. „Ovechkin, Valentin Vladimirovich 9(22).VI.1904 — 27.I.1968“. 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  4. „Ovechkin Valentin Vladimirovich. Prozaik, dramaturg, publitsist“. 2020-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  5. «Kommuna» — Informatsionnыy portal Tsentralьnogo-Chernozemьya. «K stoletiyu so dnya rojdeniya Valentina Ovechkina»[sayt ishlamaydi]
  6. «Literaturnaya Rossiya» Samoubiystvo so vtoroy popыtki
  7. „Fotografiya nadgrobiya V. V. Ovechkina na kommunisticheskom kladbiщe v Tashkente“. 2009-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 3-iyun.
  8. „Kursk dorevolyutsionnыy. Stepanov.V.B. Ulitsы starinnogo Kurska - 2. V ChESTЬ PISATELYa VALENTINA OVEChKINA“. old-kursk.ru. 2020-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
  9. „Kalendarь znamenatelьnыx i pamyatnыx dat Kurskoy oblasti na 2022 god / Arxivnoe upravlenie Kurskoy oblasti. Pod red. V. L. Bogdanova. Kursk, 2021. 119 s. (+ 8 s. vkl.)“. 2023-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-sentyabr.
  10. „Ob uchrejdenii premii Gubernatora Kurskoy oblasti imeni V. V. Ovechkina v oblasti sredstv massovoy informatsii“. 2020-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.

Havolalar

[edit | edit source]