R.S.C. Anderlecht
Fayl:R.S.C. Anderlecht.svg | |||
Toʻliq nomi | Royal Sporting Club Anderlecht | ||
---|---|---|---|
Laqabi |
Purple & White, Sporting (niderlandcha: Paars-wit; fransuzcha: Les Mauve et Blanc) | ||
Qisqa nomi | R.S.C.A. | ||
Asos solingan | 27-may, 1908-yil | ||
Constant Vanden Stock – Lotto Park | |||
Sigʻimi | 22,500[1] | ||
Chairman | Wouter Vandenhaute | ||
Head coach | Brian Riemer | ||
Liga | Belgian Pro League | ||
Oʻrni | Belgian Pro League, 3rd of 16 | ||
Vebsayti | Klub sayti | ||
| |||
Anderlext (niderlandcha: Royal Sporting Club Anderlecht — Qirollik sport klubi Anderlext"; niderland talaffuzida: [ˈɑnderlɛxt], fransuzcha: [ɑ̃dəʁlɛkt], nemischa: [ˈandɐlɛçt]) — Belgiyaning Anderlext professional futbol klubi 1908-yil 27-mayda tashkil topgan. Bu Belgiyaning eng klubi hisoblanib, 33 karra Belgiya chempioni, 9 karra mamlakat kubogi gʻolibi, 13 karra Belgiya superkubogi gʻolibi va 5 karra Yevropa kubogi sohibi. U uy uchrashuvlarini 22 000 dan ortiq tomoshabinni sigʻdira oladigan „Constant Vanden Stock“ stadionida oʻtkazadi. Klubning anʼanaviy ranglari binafsha va oq hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub 1908-yil 27-mayda „Anderlext“ kommunasi hududida joylashgan „Konkordiya“ kafesida tashkil etilgan. Yangi jamoa 1909/10-yilgi mavsumda Belgiya futbol ligasining eng quyi darajasidan, uchinchi viloyat divizionidan boshlab rasmiy turnirlarda qatnasha boshlagan. 1913-yilda jamoa mamlakat chempionatining ikkinchi divizioniga kirdi va u yerda toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Urushdan oldin, 1917-yilda klub uchun „Constant Vanden Stock“ arenasi qurilgan boʻlib, u yerda jamoa hozirgacha oʻynamoqda. Birinchi jahon urushi paytida jamoaning kuchli homiysi — sanoatchi „Emil Verse“ boʻlgan. U oʻziga yoqqan jamoa uchun binafsha va oq rangli liboslarni tanladi. 1921-yilda „Anderlext“ birinchi marta Belgiya chempionatining yuqori divizioniga chiqdi va 12-oʻrinni egalladi, ammo keyingi oʻn yil ichida klub turnir jadvalida oxirgi oʻrinda edi. Ammo shunga qaramay jamoa divizionlar oʻrtasida muvozanatni saqlab qoldi[2].
1947-yilda „ Anderlext“ birinchi marta liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Oʻshandan beri „Violet“ nihoyat Belgiyaning yetakchi futbol jamoalaridan biriga aylandi va havas qilsa arziydigan natijalar bilan turnir jadvalida birinchi oʻrinni egalladi. 1963—1968-yillar oraligʻida klub ketma-ket besh marta milliy chempionat oltin medalini qoʻlga kiritib, milliy rekord oʻrnatdi. Klub mamlakat terma jamoasi uchun tayanch punktiga aylandi.
Yevropa arenasida ham klub katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 1982/83-yilgi mavsumda „Anderlext„ UEFA kubogini qoʻlga kiritdi va 1984-yilda ham ushbu turnirning finaliga chiqdi[3]. Shuningdek, „Anderlext“ ikki marta UEFA Superkubogini (1976 va 1978-yillarda) va Kubok egalari kubogini (1975/76 va 1977/78-yilgi mavsumlarda) qoʻlga kiritgan[4].
Derbilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Anderlext“da uchta asosiy derbi bor, bular „Standart“ klubi bilan oʻyinlar (Belgiya klasikosi). „Brugge“ bilan ikkinchi derbi. „Union“ga qarshi uchinchi derbi (Bryussel derbisi).
Hozirgi tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 22-iyul holatiga koʻra. Manba: transfermarkt.com saytidagi oʻyinchilar roʻyxati
№ | Ism sharifi | Davlati | Oldingi jamoasi |
1 | Timon Vellenroyter | Villem II | |
30 | Xendrik van Krombryugge | Belgiya | Eypen |
70 | Rik Verkauteren | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
4 | Ues Xudt | Niderlandiya | Sautgempton |
14 | Bogdan Mixaylichenko | Zarya | |
42 | Xannes Delkrua | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
54 | Killian Sardella | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
55 | Marko Kana | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
62 | Maykl Murilo | New York Red Bulls | |
8 | Isxak Abdulrazak | Norrchyoping | |
11 | Lior Refaelov | Isroil | Antverpen |
17 | Serxio Gomes | Borussiya (Dortmund) | |
18 | Madjid Ashimeru | Red Bull (Zalsburg) | |
20 | Kristoffer Olsson | Krasnodar | |
25 | Adrian Trebel | Fransiya | Standard |
32 | Nilson Angulo | ЛДУ Кито | |
46 | Anuar Ait-El-Xadj | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
51 | Yari Versxaren | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
61 | Kristian Arnstad | Stabek | |
7 | Fransis Amuzu | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
9 | Benito Raman | Belgiya | Shalke 04 |
53 | Antuan Kolassen | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
— | Fabiu Silva | Vulverxempton Wonderers | |
Murabbiy | Frank Verkauteren | Belgiya | Al-Batin |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Een nationaal stadion stamt uit de koloniale tijd“. erasmix.be (2013-yil 15-may). 2018-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-noyabr.
- ↑ „https://web.archive.org/web/20100902151348/http://www.rsca.be/go/fr/page/clubhistory“.
- ↑ „http://www.xs4all.nl/~kassiesa/bert/uefa/data/method1/trank1986.html“.
- ↑ „http://news.bbc.co.uk/1/hi/sport/football/42383.stm“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda R.S.C. Anderlecht haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti (niderlandcha, fransuzcha, English, and ispancha)
- Anderlecht on UEFA.com
- The Anderlecht academy way – These Football Times (2015)
- Daily Anderlecht news and largest online fanzone (niderlandcha, fransuzcha, English, ispancha, and olmoncha)