Saʼdulla Karomatov
Saʼdulla Karomatov | |
---|---|
Tavalludi |
14-iyul 1928-yil |
Vafoti |
21-avgust 1987-yil (59 yoshda) |
Fuqaroligi | SSSR |
Yoʻnalish | Nasr |
Janr | ilmiy-ommabop asarlar |
Shoh asari | „Oltin qum“ |
Mukofotlari | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Saʼdulla Muzaffarovich Karomatov (1928.14.7, Buxoro — 1987.21.8, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978).
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1949). Oʻzbekiston radioeshittirish qoʻmitasida xodim (1949—51), „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1954—1957), „Oʻzbekiston madaniyati“ (1957—1959), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1959—1966) gazetalarida masʼul kotib, „Toshkent oqshomi“ — „Vecherniy Tashkent“ gazetalarining bosh muharriri (1966—1982), Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1982—1985)[1] .
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1963-yilda esa uning birinchi yirik nasriy asari — „Tog‘lar tabassumi“ hujjatli qissasi maydonga keldi. So‘ng „Amuning zar kokillari“ (1964), „Go‘zallik ramzi“ (1965), „Kumush kamar“(1964) singari ocherklar to‘plamlari bosmadan chiqdi. Shundan so‘ng u mohir hikoyanavis va qissanavis sifatida qalam tebratdi. Bir muhabbat fojiasiga bagʻishlangan „Bir tomchi qon“ (1968), ikkinchi jahon urushidan keyingi hayot mashaqqatlari haqidagi „Eʼtiqod“ (1970) kabi qissalarini yaratdi. U so‘nggi yillarda geologlar hayotidan olib yozilgan „Oltin qum“ va cho‘llarni o‘zlashtirayotganlarga bag‘ishlangan „So‘nggi barxan“ romanlarini yaratdi.
Tarjima asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saʼdulla Karomatov Jyul Vernning „Suv ostida 8000 mill“, turkman yozuvchisi Qilich Quliyevning „Qora karvon“ romanlarini, eron yozuvchilarining hikoyalar to‘plamini, tojik yozuvchisi Yusuf Akobirovning „Tegirmon to‘xtagach“ qissasini, Vadim Kojevnikovning „Peshin chogi kungay tomonda“ romanini o‘zbek tiliga o‘girgan[2].
Unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saʼdulla Karomatovga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/sadulla-karomatov
- ↑ "O'zbek adiblari" Miraliyev S. Toshkent, 2016-yil