Kontent qismiga oʻtish

Alifmoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alifmoy — oʻsimlik moylari va alkid smolalaridan olinadigan modda. A. sariq rangda nolcha ranggacha boʻlgan shaffof suyuqlik boʻlib, yogʻoch va metallga yaxshi surkaladi, havoda asta-sekin qotib yupqa elastik parda hosil qiladi. Oʻsimlik moylaridan olinadigan A. tabiiy (tarkibida moy miqdori 331100%), aralash (tarkibida moy miqdori 70-75%) va yarim tabiiy (tarkibida moy miqdori 50- 55%) xillarga; alkid smolalaridan olinadigan A. gliftalli, pentaftalli va ksiftalli (tarkibida moy miqdori 50%) xillarga boʻlinadi. Tabiiy A. gruntovkalar, shpaklevkalar, boʻyoqlar tay-yorlashda, yogʻoch va gʻovak ma-teriallar sirtiga shimdirishda, aralash quyuq moyli boʻyoqlarni suyultirishda, alkidli A. moyli boʻyoqlar tayyorlashda ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil