Amos
Amos – oʻn ikki „kichik“ hisoblanuvchi Bibliya paygʻambarlaridan biri. Miloddan avvalgi VIII asrda hayot kechirgan yahudiy paygʻambarlardan biri. Amos Bayt Lahmga yaqin Fekoya shahrida oddiy choʻpon boʻlgan. Bir kun unga vahiy kelib, shimoliy Isroil podshoxdigiga borish va qiyomat kuniyaqin qolganidan ogohlantirish buyurilgani qayd qilinadi. U Qadimgi Isroilning asosiy shaharlaridan biri boʻlgan Vefil shahridagi ibodatxonada targʻibot ishlarini olib borayotgan vaqtda, mahalliy ruhoniy Amasiya uni quvib yuboradi. Shundan soʻng Amos oshkora daʼvat olib bormasdan, unga kelayotgan vahiyni yoza boshlaydi. „Paygʻambarlar kitobi“ nomli apokrifik manbada qayd qilinishiga koʻra, Amos Amasiyaning oʻgʻli tomonidan ogʻir jarohatlanadi va vafot etadi. U oʻz vaʼzlarida butparastlikni qattiq qoralab, monoteizmni targʻb qilgan. U hokim va amaldorlar tomonidan sodir etilayotgan nohaqliklar, ayniqsa, sudxoʻrlikni qoralab, mazlumlarni xudo Yaxvening najoti kelgunicha sabr qilishga chaqirardi. Shuningdek, Amos kambagʻal va mazlumlarga nisbatan gʻamxoʻrlik qilishni daʼvat qilgan. U insoniylik qurbonlik orqali yaratganga xizmat qilishdanda muhimroq ekanini taʼkidlagan. Uningpand-nasihatlari Bibliya tarkibiga kiritilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |