Kontent qismiga oʻtish

Arabiston dengizi

Koordinatalari: 14°N 65°E / 14°N 65°E / 14; 65
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arabiston dengizi
Koordinatalari 14°N 65°E / 14°N 65°E / 14; 65
Eng katta kengligi 2 400 m
Yuzasi 3 862 000 km2
Eng katta chuqurligi 4 652 m

Arabiston dengizi – Hind okeanining shimolida joylashgan chekka dengiz. Hindiston va Arabiston yarim orollari oraligʻida joylashgan. Maydoni 4832 ming km². Oʻrtacha chuqurligi 2734 m. Eng chuqur joyi 5803 m. Yirik qoʻltiqlari – Adan va Ummon. Hind daryosi quyiladi. Iqlimi tropik mussonli. Dengiz yuzasidagi suv temperaturasi fevralda shimolda 22° dan janubida 27° gacha avgustda 24 – 27°ni tashkil qiladi. Shoʻrlik darajasi 35,8 – 36,5% tashkil qiladi . Oqimlar qishda soat mili harakati boʻyicha, yozda gʻarbdan sharqqa yoʻnaladi. Arabiston dengizida dyugan, uchar baliqlar, tunes, seld va boshqa koʻplab hayvonlar tarqalgan. Asosiy portlari: Bombay, Ka-rochi, Adan, Kolombo.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil