Kontent qismiga oʻtish

Archibald Hill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Archibald Hill (1886-yil 26-sentyabr, Bristol, Angliya – 1977-yil 3-iyun, Kembrij) – ingliz fiziologi; London qirollik jamiyati aʼzosi (1918-yildan; 1935—1945 yil sekretar), Kembrij universitetini tugatgan (1907); shu universitetda fizik kimyodan va Manchester universitetida fiziologiyadan dars bergan (1914—1919); shu universitet hamda Londondagi universitet kollejida fiziologiya professor (1920—1923; 1923—1925). Fan va taʼlimni qoʻllabquvvatlash jamiyati raisi (1946—1963; 1963-yildan prezidenti). Ilmiy ishlari muskullar faoliyati termodinamikasi va muskullar qisqarishi mexanizmiga oid. Nobel mukofoti laureati (1922, Otto Fritz Meyerhof bilan hamkorlikda).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil