Kontent qismiga oʻtish

Charlie White

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Charlie White
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 24-oktyabr 1987-yil (1987-10-24) (37 yosh)
Royal Oak, Michigan
Boʻyi 5 ft 9 in
Sherigi Meryl Davis
Murabbiyi Marina Zueva
Oleg Epstein
Johnny Johns
Oldingi murabbiylari Igor Shpilband
Seth Chafetz
Oldingi xoreograflari Igor Shpilband
Jamoasi Detroit Skating Club
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 195.52
Qisqa raqs 78.89
Erkin raqs 116.63

Charles Allen White Jr. (talaffuzi: Charlz Allen Uayt; 1987-yil 24-oktyabrda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan amarelikalik sobiq muz raqqosi[1]. Sherigi Meryl Davis bilan birga 2014-yilgi Olimpiya chempioni, 2010-yilgi Olimpiada kumush medali sovrindori, ikki karra (2011, 2013) Jahon chempioni, besh karra Gran-pri finali chempioni (2009-2013), uch karra Toʻrt qitʼa chempioni (2009, 2011, 2013) va olti karra AQShning milliy chempioni (2009-2014) boʻlgan. Juftlik 2014-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida ham umumjamoa hisobida bronza medalini qoʻlga kiritgan[2].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

White Michigan shtatining Royal Oak shahrining Detroyt chekkasida tugʻilgan. UMichigan universitetiga siyosatshunoslik boʻyicha oʻqishga kirgan. White ilgari xokkeychi sifatida musobaqalarda qatnashgan va jamoasiga chempionlikni qoʻlga kiritishda yordam bergan. White hozirda Michigan shtatining Enn Arbor shahrida istiqomat qiladi.

Charlie White 1997-yilda murabbiyi Set Chafetz taklifiga binoan Meryl Davis bilan juftlik hosil qilgan.

Davis / White juftligi oʻzlarining birinchimavsumida oʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1999 — 2000-yilgi mavsumda juftlik oʻsmirlar oʻrtasidagi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan[3]. 2000 — 2001-yilgi mavsumda ular 2001-yilgi AQSh chempionatida yangi konkida uchuvchilar qatorida 6-oʻrinni egallagan. 2001 — 2002-yillarda juftlik huddi shu toifada kumush medalni qoʻlga kiritgan, soʻng oʻsmirlar darajasiga koʻtarilgan. 2002 −2003-yilgi mavsumda juftlik ikki marta oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida qatnashib ikkalasida ham medal yuta olmagan va 2003-yilgi AQSh chempionatida 7-oʻrinni egallagan.

Oʻsmirlar darajasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003 — 2004-yilgi mavsumda Davis / White juftligi oʻzining hudud chempionligini qoʻlga kiritgan va oʻsmirlar oʻrtasidagi Milliy chempionatda kumush medal sohibiga aylanishgan. Bu natija ularga 2004-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanmani taqdim etgan va u yerda juftlik 13-oʻrindan joy olgan.

2004 — 2005-yilgi mavsumda Davis / White juftligi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan. Biroq, White toʻpigʻini sindirib olgani tufayli juftlik 2005-yilgi AQSh chempionatida qatnasha olmagan. Ularning mavsumi shu yerda tugagan.

Davis / White juftligi 2005 — 2006-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida ishtirok etib, medallar qoʻlga kiritgan va Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ikkinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2006-yilgi AQSh chempionatida oʻsmirlar oʻrtasidagi milliy chempionlikni qoʻlga kiritgan, keyin esa 2006-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bronza medali sohibiga aylanishgan. Oʻsha mavsumdan soʻng Davis „Oʻsmirlar“ safidan chiqib ketgan.

(2018 — 2019)

Mavsum Dasturlari
2018 — 2019

2017-2018




  • „Orpheus and Eurydice“ — Immortal Love


(Davis bilan 2006 — 2014)

Natijalari
Xalqaro
Event 2006 — 07 2007 — 08 2008 — 09 2009 — 10 2010 — 11 2011 — 12 2012 — 13 2013 — 14
Olimpia 2 1
Jahon chempionati 7 6 4 2 1 2 1
Toʻrt Qitʼa chempionati 4 2 1 1 2 1
GP Final 3 1 1 1 1 1
Milliy
AQSh chempionati 3 2 1 1 1 1 1 1
Jamoaviy musobaqalar
Olimpiya 3 T
1 P
Jahon chempionati 2 T
1 P
GP = Grand Pri
T = Jamoaviy natija; P = shaxsiy natija;
  1. Zanca, Sal. „NHK milestone gives confidence to Davis and White“. U.S. Figure Skating (2007-yil 9-yanvar). 2011-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-avgust.
  2. „Charlie White“. U.S. Figure Skating. 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Intermediate Dance“.