Dashti Qala tumani
Dashti Qala دشت قلعه | |
---|---|
tuman | |
37°12′8″N 69°30′6″E / 37.20222°N 69.50167°E | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Vaqt mintaqasi | UTCAfgʻoniston Standart vaqti |
|
Dashti Qala tumani (دشت قلعه) — Afgʻonistonning Taxar viloyatiga qarashli tuman. U 2005-yil iyun oyida Khwaja Ghar tumanidan ajralib chiqqan[1]. Tuman Tojikiston bilan chegaradosh. Ushbu tumanda joylashgan, hozirda faqat qoldiqlari qolgan Ai-Khanoum nomli tarixiy shaharga Salavkiylar imperiyasi tomonidan asos solingan degan taxmin bor. 2018-yilda Dashti Qala tumani hukumat va Tolibon oʻrtasida qarama-qarshiliklarga sabab boʻlgan[2].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dashti Qala tumani 270 kvadrat kilometr maydonga ega boʻlib, bu Niue oroli maydoni bilan teng[3]. Tuman Panj daryosi yaqinida joylashgan. Bundan tashqari Koʻkcha daryosi ham Dashti Qalani kesib oʻtadi. Tuman iqlimi Köppen-Geiger iqlim tasnifi tizimi boʻyicha sovuq, yarim quruq dasht deb tasniflanadi[4].
Joylashuv
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman shimoli-gʻarbdan Darqad, shimoldan Khwaja Bahouddin, sharqdan Rustaq, janubdan Khwaja Ghar va gʻarbdan Xatlon viloyati (Tojikiston) bilan chegaradosh[5]. Panj daryosi Khatlon viloyati va Dashti Qala tumanini bir-biridan ajratib turadi[6].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dashti Qalada jins nisbati har 100 ayolga 103 erkak toʻgʻri keladi. Dashti Qal’ada oʻrtacha yosh 15,8[7]. Aholining 84,3 foizi oʻrta maktab taʼlimini tugatmagan (bu erkaklarning 74,2 foizi va ayollarning 95 foizini tashkil qiladi). Dashti Qal’a aholisining 44,7 foizi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholi jamgʻarmasi tomonidan 2015-yilda oʻtkazilgan soʻrovga qadar ishsiz boʻlgan. Shundan 44,7% aholining, 90% i ishlashga qodir emas. Dashti Qalada 5 yoshgacha boʻlgan bolalar 31,5 foizni tashkil qiladi. Har bir oilaga oʻrtacha 6,9 kishi toʻgʻri keladi.
Iqtisodiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dashti Qalada isitish tizimi va kunlik yoqilgʻi ehtiyojlari uchun yogʻoch asosiy energiya manbai hisoblanadi. Aholining bir qismi yorugʻlik manbai sifatida quyoshdan foydalanadi. Dashti Qala suvning 95,2 foizini qazilgan quduqlardan oladi. Uylarning 99,3 foizi yogʻoch va loydan qurilgan. Shu bilan birga, uy xoʻjaliklarining 24,6 foizi zamonaviy sanitariya-texnik vositalarga ega. Xoʻjalik uylarining qariyb yarmi ikki xonali.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „398 District Division Matching to 329 District Division“. aims.org. 2016-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2020-yil.
- ↑ „Quarterly Report to the United States Congress“. SIGAR (2019-yil 30-yanvar). Qaraldi: 30-iyun 2020-yil.
- ↑ „Island Directory Tables: Islands by Land Area“. United Nations Environment Program (18-fevral 1998-yil). — „263.7 sq.km. Niue“. 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2020-yil.
- ↑ Beck, Hylke E.; Zimmermann, Niklaus E.; McVicar, Tim R.; Vergopolan, Noemi; Berg, Alexis; Wood, Eric F. (30-oktabr 2018-yil). „Present and future Köppen-Geiger climate classification maps at 1-km resolution“. Scientific Data. 5-jild. 180214-bet. Bibcode:2018NatSD...580214B. doi:10.1038/sdata.2018.214. PMC 6207062. PMID 30375988.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Takhar Socio-Demographic and Economic Survey 2015“. UNFPA. Qaraldi: 13-fevral 2020-yil.
- ↑ „Dasht-e-qala“. Google Maps. Qaraldi: 1-iyul 2020-yil.
- ↑ „Takhar Socio-Demographic and Economic Survey 2015“. UNFPA. Qaraldi: 13-fevral 2020-yil.