Duo
Duo — xudoga iltijo qilib, oʻzi yoki boshqalar uchun uzoq umr, baxt, najot tilash va yomonlikni qaytarishni soʻrash. Bunda D. qiluvchi maʼlum bir xattiharakatni ado etadi (mas, musulmonlarda ikki qoʻlini yuziga tortib fotiha qiladi). D. barcha dinlarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. U ibtidoiy davrda soʻzning sehrli kuchiga ishonish, uning yordamida ilohiy kuchlardan foydalanish mumkin degan ishonch asosida shakllangan. D.ni qaysi tilda qilishning ahamiyati yoʻq. Lekin islom dini aqidasi boʻyicha, agar talaffuzini oʻrniga qoʻya olsa va mazmunidan ogoh boʻlsa, duoni arab tilida qilish afzaldir. D.ning ikki turi boʻladi. Birinchisi, "maʼsura", yaʼni matni Qurʼon, hadis yoki boshqa diniy manbalarda aniqbelgilab qoʻyilgan D.lar. Ularni buzmay, qoʻshmay, qanday koʻrsatilgan boʻlsa oʻsha tarzda oʻqiydilar. Ikkinchisi, "muhtaraa", yaʼni D. matnini oʻzi toʻqib, erkin holatda iltijo qilish. But, sanam va soxta maʼbudalarga yolvorib iltijo qilish ham D. turiga kiradi. Islom aqidasi boʻyicha, farzand ato etish, shifo berish, baloqazodan asrash, insoftavfiq kabi hojatlar faqat Allohning oʻzidan soʻraladi. Undan boshqadan soʻrashlik shirk va kufr sanaladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |