Ixtiro
Ixtiro — xalq xoʻjaligining turli sohalarida, ijtimoiy-madaniy qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, oʻziga xos texnikaviy yechimga ega boʻlgan yangilik. Tor maʼnoda — davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi texnikaviy yechim.
Har qanday yangilik ham ixtiro boʻlavermaydi. Masalan, quruq ilmiy qoidalar, xususan, kashfiyotlar, amalga oshirib boʻlmaydigan va xato takliflar (masalan, abadiy dvigatel yaratish haqidagi takliflar) ixtiro hisoblanmaydi. Hal qilinadigan masala faqat nazariy emas, balki amaliy ehtiyojlarni qondiradigan boʻlishi lozim. Ixtiro qonun bilan muhofazalangan davlatlarda har bir taklifning ixtiro boʻlish shartlari belgilanadi. Bu shartlardan asosiysi masalaning eng yangi hisoblangan texnik yechimidir. Muayyan taklifni ixtiro deb hisoblash uchun undan bir necha marta foydalanish imkoni ham boʻlishi kerak. Ixtironing yangiligi, yaʼni birinchi ekanligi (koʻpincha, ixtirochilikka oid tashkilotlarga berilgan hujjat — ariza sanasi) oldin berilgan mualliflik guvohnomalari va patentlar, ixtirolar eʼlon qilinadigan tegishli adabiyotlar, koʻrgazmalarda namoyish qilingan eksponatlar va boshqaga muvofiq, aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida ixtirochi boʻla olish shartlari va uni tasniflash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yilda tasdiqlangan „Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari haqida“gi qonunda belgilangan. Ixtiro boʻyicha talabnomalarni ekspertiza qilish, mualliflik guvohnomasi va patent berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikilugʻatda ixtiro nomli maqola mavjud. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |