Katun tizmasi
Qiyofa
Katun tizmasi - Rossiya Federatsiyasining Oltoy Respublikasidagi togʻ tizmasi. Katun, Argut va Berel daryolari suvayirgʻichi. Uzunligi 150 km., bal. 4506 m gacha (Beluxa togʻi). Metamorfik slanets va granitdan tarkib topgan. Muzliklar bor (umumiy maydon 279 km²). Yon bagʻirlari 2000—2200 m balandlikkacha tilogʻoch va kedr oʻrmonlari, undan yuqorilari alp oʻtloqlari bilan qoplangan. [1]