Kontent qismiga oʻtish

Kubratxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kubratxon, Kuvrat,Kurt (584 642) — qad. bulgʻorlar xoni (632—642). Turk xoqonligi parchalangach (7-asr 30-yillari), dulo urugʻi vakili K. zudlik bilan Azov boʻyi dashtlaridagi tarqoq bulgʻor qabilalarini birlashtira boshlagan. Shu tariqa tarixiy manbalarda Boʻyuk Bulgʻoriya nomi bilan mashhur boʻlgan yangi davlat birlashmasi vujudga kelgan. Uning tarkibiga turkiyzabon bulgʻorlargiva emas, balki ugʻur (ugor) tilida soʻzlashuvchi qad. major (venger) qabilalari ham kirgan, lekin, yetakchi davlat tili [hukmron dulo urugʻining tili] — turkiy til boʻlgan, Bu — birlashma negizida elatlar shakllana boshlaganligidan guvoxlik beradi. K. vafoti bilan u tuzgan davlat ham parchalanib ketgan, ularga K. ning oʻgʻillari — Batboy (katta oʻgʻli) va Asparux boshchilik qilishgan.

  • Pletneva S. A., Kochevniki srednevekovya, M, 1982.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil