Mahmud Tarziy
Mahmud Tarziy (1866, Gʻazna -1935, Istanbul) — Afgʻoniston davlat arbobi, tarixchi. Yosh afgʻonlar harakatining gʻoyaviy rahbari. Damashq, Istanbul va boshqa shaharlarda taʼlim olgan. 1803-yilda Afgʻonistonga qaytib kelgan. 1911—19 yillarda "Sirojul-axbor" ("Xabarlar chirogʻi") gaz. noshiri va muharriri. Afgʻonistonda maʼrifatparvarlik gʻoyalari tarqalishiga munosib hissa qoʻshgan. Omonullaxon hokimiyat tepasiga kelgach, yangi hukumatda tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi (1919—22, 1924—27). Hukumat ichida bir-biriga qarama-qarshi 2 guruh boʻlib, M.T. taraqqiyparvar kuchlarga boshchilik qilgan. K. keskin (radikal) ichki islohotlar oʻtkazish, konstitu-sion tartib oʻrnatish, tinchliksevar tashqi siyosat olib borishni yoklab chiqqan. Bosh vazir Abdulquddusxon Ittimadiy uning bu fikrlariga qarshi turgan va konstitutsion gʻoyalarni targʻib qilayotgan kishilar qatl qilinishiga fatvo berilishini talab qilgan (yana qarang Yosh afgʻonlar). 1928—29 yillarda Afgʻonistonda Omonullaxonga qarshi Xabibulla — Bachai Saqqo (1880— 1929) rahbarligida koʻtarilgan qoʻzgʻolondan keyin, Turkiyaga koʻchib ketgan. U Afgʻoniston tarixi va madaniyatiga oid asarlar yozgan. Badiiy ijod bilan ham shugʻullangan.[1]
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nazarov X., Sotsialnie dvijeniya 20-x godov XX veka v Afganistane, Dushanbe, 1989.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |