Monza
Monza | |
---|---|
Shahar | |
45°28′0″N 9°16′0″E / 45.46667°N 9.26667°E | |
Mamlakat | Italiya |
Telefon kodi | +39039 |
|
Monza ( italyancha: Monza, mahalliy Monscia, lotincha: Modicia, Modoetia, st. nemischa: Montsch ) - Italiyadagi shahar, Milan shahri chekkasida, Lambro daryosi bo'yida joylashgan shahar.
Monza - Lombardiyaning beshta yirik shaharlaridan biri bo'lib, Monza e Brianza provinsiyasining ma'muriy markazi hisoblanadi.
Monza tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimgi Modizia 6- asrgacha, Lombard qirolichasi Teodelinda bu yerda saroy qurib, monastirga asos solguniga qadar qishloq bo'lib kelgan. O'rta asrlarda Monza vaqti-vaqti bilan Milandan mustaqil bo'lishga harakat qilgan. 1396-yilda Monzada 5 ballga yaqin zilzila sodir bo'lgan[1].
Italiya urushlari paytida shahar bir necha marotaba qamallarga dosh bergan va Charlz V qo'shinlari tomonidan vayron qilingan. 1900-yilda qirol Umberto I
Arxitektura yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 595-yilda qirolicha Teodolinda tomonidan asos solingan kafedral sobor bazilikasi (Duomo[2]). Hozirgi cherkov binosining qurilishi 1300-yilda Viskonti oilasi tashabbusi bilan boshlangan va 1741-yilda yakunlangan. Unda 1592-yildan 1606-yilgacha qurilgan kampanila va Matteo da Kampione tomonidan ishlangan oq va yashil marmar fasad (1390-yildan 1396-yilgacha qurilgan) alohida ajralib turadi. Sobor muzeyida[3] Teodolinda va boshqa o'rta asr hukmdorlari davridan qolgan yodgorliklar, shuningdek, 1805-yilda Milanda Napoleon Bonapartga toj kiyish marosimi uchun ishlatilgan Italiyaning temir toji mavjud.
- Lombard g'ishtli gotika uslubidagi ko'plab o'rta asr cherkovlari va ibodatxonalari mavjud. Go'zal terakotali fasadli Santa Mariya in Strada cherkovi (1393) shular jumlasidandir.
- Qirollik Villasi - 1777-80-yillarda uyg'onish klassitsizmi uslubida Juzeppe Piermarini loyihasi asosid Milan gertsogi unvoniga sazovor bo'lgan avstriyalik ertsgertsog Ferdinandga atab qurilgan. Yevgeniy Bogarne Italiya vitse-qiroli bo'lgach, ushbu saroyga ko'chib o'tadi. Shundan song' Ertsgertsog Villasi Qirollik Villasi deb nomlana boshlaydi. Hozirgi kunda saroyda badiiy ko'rgazmalar o'tkaziladi.
- Ratusha (Arengario) 13-asrga oid yodgorlik.
Madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kapitulyar kutubxonasi oʻzining oʻrta asr qoʻlyozmalari va ilk bosma kitoblar toʻplami bilan mashhur. 1500-yilgacha boʻlgan 176 qoʻlyozma orasida Papa Gregorining Teodelindaga yoʻllagan maktubi (603), Toursga taluqli Alkuin Injil nusxasi (9-asr oʻrtalari), Berengar qoʻlyozmalari, liturgik qoʻshiqlar kitoblari, shular jumlasidandir.
Sport
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Monza Avtodromi afsonaviy avtopoyga treki bo'lib, uzoq vaqt davomida dunyodagi eng tezkor deb hisoblanardi. Bu yerda Formula 1, Italiya Gran-prisi kabi turnirlar o'tkaziladi.
- FK Monza - Italiya A Seriyasida o'ynaydigan futbol klubi.
Taniqli shaxslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Juzeppe Longi (1766-1831) - italiyalik o'ymakor usta va yozuvchi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Сайт лента.ру, В Милане произошло сильнейшее за 500 лет землетрясение.“. 2020-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
- ↑ „Duomo di Monza | La basilica, la parrocchia e i suoi parrocchiani - DUOMO DI MONZA - Home“. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-iyul.
- ↑ Museo e Tesoro del Duomo di Monza
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Монца // Многоножки — Мятлик. — М. : Советская энциклопедия, 1954. — С. 264. — (Большая советская энциклопедия : [в 51 т.] / гл. ред. Б. А. Введенский ; 1949—1958, т. 28).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Monza munitsipalitetining rasmiy sayti(ital.)(ingl.)