Kontent qismiga oʻtish

Parij jangi (1814)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Parij jangi, 1814-yil
Rus armiyasining Parijga kirishi

Parij jangiRossiya, Avstriya, Prussiyadan iborat oltinchi koalitsiya va Fransiya imperiyasi oʻrtasida 1814-yilning 30—31-mart kunlari boʻlib oʻtgan jang. Parij chekkasida bir kun davom etgan janglardan soʻng, 31-mart kuni fransuzlar taslim boʻlib, Oltinchi koalitsiya urushini tugatgan va imperator Napoleonni taxtdan voz kechishga va surgunga ketishga majbur qilgan.

Napoleon 1812-yilda Fransiya-Rossiya urushining muvaffaqqiyatsiz yakunidan soʻng chekingan. Gʻalaba qozongan rus qoʻshinlari Oltinchi koalitsiya ittifoqini Avstriya, Prussiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Ispaniya va Fransiya imperiyasiga dushman boʻlgan boshqa davlatlar bilan tuzgan. Fransuzlar Germaniyadagi yurishlaridagi dastlabki janglarda gʻalaba qozongan, lekin koalitsiya qoʻshinlari 1813-yil kuzida Leipzig jangida Napaleonga qarshi birlashib fransuz qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan. Jangdan soʻng, Fransiyani qoʻllab-quvvatlovchi Reyn pro-fransuz (fransuzlar tarafdori) nemis konfederatsiyasi qulagan. Shu tariqa Napoleonning Reyn, Germaniya sharqida hukumati oʻz kuchini yoʻqotgan. Soʻngra Germaniyadagi koalitsiya kuchlari Reyn daryosidan oʻtib, Fransiyaga bostirib kirishgan.

Asosiy jangdan oldingi voqealar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyaning shimoli-sharqidagi yurishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

400 000 dan ortiq koalitsiya kuchlari uch guruhga boʻlinib, 1814-yil yanvarda shimoli-sharqiy Fransiyaga kirdi . Jang maydonida 70 000 fransuzlar toʻqnash kelishgan.

Qulay usullardan foydalangan holda, Napoleon Brienne va La Rothièredagi janglardan boshlab boʻlingan koalitsiya kuchlarini magʻlub etgan, ammo ularning oldinga siljishini toʻxtata olmagan. Keyin u Aisne daryosida shimoli-sharqdan Parijga tahdid solayotgan Blyuxer boshchiligidagi koalitsiya armiyasiga qarshi olti kunlik yurishni boshlagan. Koalitsiya kuchlari ushbu yurishda magʻlub boʻlgan va Parijga yurishdan toʻxtagan. Lekin Napoleon strategik ustunlikni toʻliq oʻzida saqlab qolmagan, chunki Blyuxer qoʻshinlarining katta qismi hali ham saqlanib qolgan boʻlgan.

Napaleon qoʻshinlarini Aisnedan janubi-sharqqa, Aube yaqiniga oʻtkazgan. Bu paytda janubi-sharq tarafdan koalitsiya qoʻshinlar Parijga tahdid solayotgan boʻlgan. 20-mart kuni Arcis-sur-Aubeda koalitsiya ittifoqi va Napaleon qoʻshinlari oʻrtasida jang boʻlib oʻtgan. Napaleon koalitsiya qoshinini shu kuni magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan. Ammo 28-martda koalitsiya qoʻshinlari Meauxda Blyuxer qoʻshini bilan birlashgan. Shundan soʻng koalitsiya kuchlari yana Parij tomon yurishda davom etgan.

Ushbu jangga qadar oxirgi marta Parijga dushman qoʻshinlari yuz yillik urush paytida kirgan.

Fransiyaning urushdan charchashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiyadagi fransuz qoʻshining halokatidan va urush boshlanganidan beri fransuz aholisi urushdan juda charchagan[1]. Fransiya 25 yil davomida urushda charchagan va millatning koʻplab erkaklari Napoleon shu vaqtgacha olib borgan urushlar paytida halok boʻlgan. Koalitsiya kuchlari Fransiyaga kirgandan soʻng, hukumat rahbarlari xalq ularga qarshi haligacha qoʻzgʻalon koʻtarmayotganidan hayron ham boʻlgan. Hattoki Napoleonning sobiq tashqi ishlar vaziri Charles Maurice de Talleyrand koalitsiyaning monarxlariga xat yoʻllagan. Xatda parijliklar allaqachon oʻz imperatoriga qarshi boʻlayotganliklarini va hatto koalitsiya qoʻshinlarini shaharga kirgizishsa, ularni kutib olishlarini bildirgan.

Aleksandrning hiylasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Koalitsiya rahbari Rossiya imperatori Aleksandr I

Koalitsiya rahbarlari endi asosiy maqsad Napoleon magʻlubiyatining oʻzi emas, balki Parij ekanligiga qaror qilishgan. Reja uchun baʼzi generallar oʻzlarining rejalarini taklif qilishgan. Rus generali Tollning rejalari podshoh Aleksandr I ga yoqqan: rejaning maʼnosi Napoleonga qarshi koalitsiyaning asosiy armiyasi bilan Parijga qarshi hujum qilish, Napoleonni esa shahardan uzoqroqda Rossiya kuchlari bilan chalgʻitish boʻlgan.

Rus imperatori Prussiya qiroli va Shvartssenberg bilan uchrashish uchun otlangan. Ular toʻgʻridan-toʻgʻri Parijga olib boradigan yoʻlda uchrashishgan va podshoh unga oʻz rejalarini taklif qilgan. Rus podshohi xaritani olib kelib, reja haqida gaplashayotganda hamma koʻrishi uchun xaritani yerga yoygan. Rejaga koʻra, butun asosiy koalitsiya armiyasi Napoleon va uning qoʻshinini taʼqib qilishni toʻxtatib, toʻgʻridan-toʻgʻri Parijga yurishi kerak boʻlgan. Ammo Wintsingerodening 10 000 kishilik otliq otryadi mavjud boʻlgan. Ushbu otryad Napoleonga ergashishi yoʻldan ozdirishlari kerak boʻlgan. Odatdagidek qirol va Shvarsenberg Rus podshohi taklifiga rozi boʻlishgan. Koalitsiyaning asosiy armiyasi Parij tomon yurishini 28-martda boshlagan, oʻsha kuni Wintsingerode boʻlinmasi ham oʻz vazifasini bajargan.

Aldamchi yurish koalitsiyaga ish bergan. Koalitsiyaning asosiy armiyasi Parijga hujum qilganda, Wintsingerode boʻlinmasi Napoleon va uning armiyasini janubi-sharqda taʼqib qilgan, hiylani tushunib qolgan Napoleon kuchlari qayta toʻplanib, qarshi hujumga oʻtgan. Ammo, Napoleon Parijdan uzoqda boʻlgan, Napaleonning qoʻshinlari ortga qaytishda koalitsiya kuchlari bilan toʻqnash kelgan. Shu sababli Parijga oʻz vaqtida yetib bormagan.

Feldmarshal graf Mixail Bogdanovich Barklay-de-Tolli, qoʻshma kuchlar qoʻmondoni

Avstriya, Prussiya va Rossiya qoʻshinlari birlashtirilib, shaharni egallash uchun mas’ul boʻlgan feldmarshal graf Barklay-de-Tolli qoʻmondonligi ostiga qoʻyilgan, ammo qoʻshinning asosiy harakatlantiruvchi kuchi Rossiya podshosi boʻlgan. Koalitsiya armiyasi 150 000 ga yaqin askardan iborat boʻlib, ularning aksariyati koʻpgina janglarda qatnashgan tajribali faxriylar boʻlgan. Napoleon akasi Jozef Bonapartni Parijni himoya qilish uchun 23 mingga yaqin askar bilan qoldirgan. Marshal Auguste Marmont qoʻl ostida muntazam qoʻshinlar, qoʻshimcha 6000 Milliy gvardiya va marshallar Bon Adrien Jannot de Monsi va Eduard Mortier boshchiligidagi Imperator gvardiyasining kichik bir kuchlari ham bor boʻlgan. Ushbu kuchlar shahar mudofaasiga yordam bergan.

Koalitsiya armiyasi mart oyi oxirida Parij tashqarisiga yetib kelgan. Shaharga yaqinlashganda, rus qoʻshinlari shaharni birinchi marta koʻrish uchun yugurishgani qayd etilgan. 29 mart kuni shahar tashqarisida lager qurgan koalitsiya kuchlari ertasiga 30-mart kuni ertalab shaharga shimoliy va sharqiy tomondan hujum qilishi kerak boʻlgan. Jang koalitsiya armiyasining kuchli artilleriya bombardimonlari bilan boshlangan[2]. 7:00 gacha ruslar fransuzlarning markazidagi Yosh gvardiyaga hujum qilishgan. Bir necha soat oʻtgach, Blyuxer boshchiligidagi prussiyaliklar shaharning shimoliga hujum qilishgan. Va Aubervilliers atrofida fransuzlar pozitsiyasini egallab olishgan.

Aleksey P. Yermolov boshchiligidagi Rossiya imperatorlik gvardiyasi va Prussiya gvardiyasi shaharning shimoli-sharqidagi Montmartr tepaliklariga hujum qilishgan. Tepalik nazorat uchun janglar juda shiddatli boʻlgan. Prussiya gvardiyachilari katta yoʻqotishlarga duch kelishgan, ammo teplaliklar koalitsiya qoʻlida qolgan. Ushbu tepalikda Yermolov artilleriya kuchlari joylashtirilgan. Napaleon Bonopartning akasi Joseph shaharni tashlab qochib ketgan. Sobiq vazir Marmont Koalitsiya bilan bogʻlanib, ular bilan yashirin kelishuvga erishgan. U oʻz askarlarini koalitsiya qoʻshinlari tomonidan oʻrab olingan joyga olib borgan, kelishilganidek taslim boʻlgan.

Napoleonning taxtdan voz kechishi. (François Bouchot tomonidan 1843-yilda chizilgan)

Aleksandr I Parijning taslimini tezlashtirish uchun fransuzlarga elchi yuborgan. U fransuzlarga yaxshi shartlarni taklif qilgan. Bir yil oldingi Moskva vayronagarchiliklari uchun qasos olishga tayyor boʻlsada Fransiyaga tinchlik olib kelishni maʼqul koʻrgan. 31-mart kuni Taleyranga Parij shahri kalitini topshirgan. Oʻsha kuni koalitsiya Parijga gʻolib qoʻshin bilan kirib kelgan. Qoʻshinning boshida Rus podshohi va Prussiya qiroli va shahzoda Shvarsenberg bilan kirib kelishgan. 2-aprelda Senat Napoleonni taxtdan chetlatilganini tasdiqlovchi Acte de déchéance de l’Empereurni qabul qilgan.

Napoleon Parijning taslim boʻlganini eshitib, Fontainebleaugacha borgan. Napaleon poytaxtga yurishni xohlagan, lekin uning marshallari jang qilmagan va taslim boʻlishga koʻndirishga uringan. U 4-aprelda oʻgʻli Napaleon II ning foydasiga taxtdan voz kechgan. Koalitsiya buni ham xohlamagan. Napoleonni 6-aprelda taxtdan umuman voz kechishga majbur qilishgan.

Uning taxtdan voz kechish shartlari va Elba oroliga surgun qilinishi 1814-yil 11-aprelda Fontainebleau shartnomasida belgilangan. Ikki kundan soʻng Napoleon uni ratifikatsiya qilgan. Oltinchi koalitsiya urushi tugadi, lekin 1815-yil 20-martda Parijda „Yuz kunlik“ boshlangan.

  1. Merriman 1996.
  2. Mikhailofsky-Danilefsky 1839.