Kontent qismiga oʻtish

Python

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Python
Paradigmalari Koʻp paradigmali dasturlash tili: obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash,[1], tartibotli dasturlash (imperativ dasturlash), funksional dasturlash, strukturali dasturlash, reflektiv dasturlash
Muallifi Guido van Rossum
Tuzilgan yili 20-fevral, 1991-yil (33 yil avval) (1991-02-20)[2]
Turi obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili
Holati faol
Versiyalari 3.12.4 6.6.2024 (5 oy avval) (6.6.2024)
Ishga tushirish turi IDE orqali
Operatsion tizim kross-platformali
Litsenziya Python Software Foundation License
Fayl kengaytmalari .py, .pyi, .pyc, .pyd, .pyo, .pyw, .pyz
Vebsayt python.org
Dialektlari
Cython, RPython, Starlark[3]
Bunga asos boʻlgan tillar
ABC, Ada, Algol 68, APL, C, C++, Klu, Dylan, Haskell, Icon, Java, Lisp, Modula-3, Perl, Standard ML
Buning asosida tuzilgan tillar
Apache Groovy, Boo, Cobra, CoffeeScript, D, F#, Genie, Go, JavaScript, Julia, Nim, Ring, Ruby, Swift

Python ([ˈpʌɪθ (ə)n] — payton, piton) — turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan[4]. Shuningdek Python sunʼiy intellekt hamda maʼlumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi.

Python deyarli barcha platformalarda ishlay oladi, xususan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va boshqalar shular jumlasidandir. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud boʻlib, uning nomi — IronPython dasturlash muhitidir.

Guido van Rossum 1980-yillarning oxirida ABC dasturlash tilining davomchisi sifatida Python ustida ishlay boshladi va birinchi marta 1991-yilda Python 0.9.0 versiyasini ommaga eʼlon qildi[5].

Python dasturlash tiliga boʻlgan talab yildan yilga oshib bormoqda. CodingDojo[6] portalining tadqiqotlariga koʻra, 2020—2021-yillarda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng koʻp talab boʻlgan[7].

Guido van Rossum

Unda Lua tiliga oʻxshab, bir vaqtning oʻzida bir nechta oʻzgaruvchiga qiymat berish mumkin. Shuningdek, yangi oʻzgaruvchi kiritmasdan turib, ikkita oʻzgaruvchining qiymatlarini almashtirish mumkin:

 x, y = y, x

Va uni funksiyalaridan ham shunday turda qaytarishingiz mumkin:

def function():
    x = "Jimbo"
    y = "Wales"
    return x, y

Salom, dunyo!

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# -*- coding: utf-8 -*-
print("Salom, dunyo!")

Web dasturlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Zope — CMS yaratish uchun server va veb dasturlar qilish uchun dastur.
  • Django — web dasturlash muhiti.
  • Turbogears — web yaratish qilish uchun dastur.
  • CherryPy — web yaratish qilish uchun dastur.
  • Plone — saytni muhofaza qilish uchun dastur.
  • Mailman — „Rassilka“ yaratish uchun dastur
  • MoinMoin — viki — dvijok internet va intranet uchun
  • PlanetPlanet — RSS oqimini sindikatsiyalash
  • Skencil — Vektor grafikasi uchun dastur

Pythonni ishlatadigan dasturlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pythonni ishlatadigan kompaniyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „General Python FAQ — Python 3.9.2 documentation“.
  2. „Python 0.9.1 part 01/21“. alt.sources archives.
  3. „Starlark Language“.
  4. Kuhlman, Dave. „A Python Book: Beginning Python, Advanced Python, and Python Exercises“
  5. Rossum, Guido Van (20-yanvar 2009-yil). „The History of Python: A Brief Timeline of Python“
  6. https://codingdojo.com/blog/top-7-programming-langugages[sayt ishlamaydi]
  7. Narzullayev Anvar. Pythonda dasturlash asoslari. — T.: „Akademnashr“, 2021. — B. 6.