Kontent qismiga oʻtish

Sarv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sarv (Cupressus) — sarvdoshlar oilasiga mansub igna bargli oʻsimliklar turkumi, bir uyli, doim yashil manzarali daraxt va butalar. Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Shimoliy Afrika, Jan.Sharkiy Osiyoning subtropik mintaqalarida 15 turi tarqalgan. Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda 11 turi masharali daraxt sifatida oʻstiriladi. Boʻyi 30 m dan ortiq, tanasining diametri 50— 60 sm, 200—300 yil, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 2000-yilgacha yashaydi. Urugʻkurtagi kup. toʻpguli 2-yili yetiladi. Ignabarglari yashil yoki havorang. Poʻstlogʻi qalin, qoramtirqoʻngʻir. Koʻproq doim yashil S. turining piramidasimon (S. sempervirens) xili koʻp ekiladi. Manzarali bogʻdorchilikda ekiladigan xillari kup. Urugʻidan, manzarali xillari qalamchasidan va payvand qilib koʻpaytiriladi. Ignabarglari va novdalaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan efir moyi olinadi. S. turlaridan ihota oʻrmonlar, istirohat bogʻlari barpo etishda foydalaniladi. Yogʻochi mebel sanoatida ishlatiladi. Chiroyli shaklda oʻsishi tufayli Sharq sheʼriyatida majoziy maʼnoda sarvqomat yor obrazini tasvirlashda koʻp qoʻllangan.

[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil