Kontent qismiga oʻtish

Sensualizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sensualizm (lot. sensus — sezgi, his) — bilish nazariyasida sezgilarni bilishning asosiy manbai deb eʼtirof etuvchi yoʻnalish. Bilishning mohiyatini sezgi organlarining faoliyatiga bogʻlab tushuntiradi. S. ratsionalizmga qaramaqarshi boʻlib, hissiy va ratsional bilimlarning oʻzaro aloqadorligi, imkoniyatlarini oʻzicha talkin etadi. S. vakillari bilimlar odamga tugma ravishda berilmagan, u hayotiy tajriba davomida shakllanib, rivojlanib boradi, deb hisoblaydi, ilmiy bilish jarayonida induktiv xulosa chiqarishni deduktiv xulosa chiqarishdan ustun qoʻyadi. S.ning "hislarda boʻlmagan narsa aklda boʻlmaydi" degan asosiy tamoyiliga hissiy bilishlar obyektiv dunyo bilan bogʻliq deb hisoblagan materialistlar (P.Gassendi, T. Gobbs, J.Lokk, K.Gelvetsii, D.Didro, P. Golbax va boshqalar) ham, hissiy bilish tashqi dunyo bilan bogʻlanmagan, oʻz-oʻzidan mavjud soha deb bilgan idealistlar (J.Berkli, D.Yum) ham qoʻshilganlar. Sharq falsafasi, xususan, Forobiy va Beruniy asarlarida ham sensualistik fikrlar mavjud. S. shuningdek, gedonizm, utilitarizm, emotivizmaa namoyon boʻladi. 20-asr fan falsafasida ham S.ning empirizm yoʻnalishidagi talqinlari uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil