Kontent qismiga oʻtish

doira

Vikilug‘atdan olingan
A doira

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

doira I

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

do-i-ra

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. i>— aylana, doira; soha, tarmoq

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 geom. Tekislikning aylana bilan oʻralgan yuzasi; toʻgarak. ◆ Yarim doira. Doi-raning yuzi. n ◆ Kuchli shamol yuzlab kilo-metrli ulkan doira boʻylab yeladi.. "Fan va turmush" . ◆ Skameykalar doira shaklida qoʻyib chiqildi. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Keng dalada doira yasab oʻtirgan odamlar orasidagi deyarli hamma yigitlarning koʻzi Badiaga.. qara-tilgan edi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Maktab-ning ochiq darvozasidan koʻkish taksi kirib keldi-yu, yarim doira qilib aylanib toʻxtadi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .

Doira chizmoq 1) toʻgarak chiziq chizmoq. ◆ Toshkent xaritasining bir qancha yeriga yoʻgʻon qizil qalam bilan doiralar chizilgan edi. H. Gʻulom, Toshkentliklar; 2) koʻchma doira shaklida aylanmoq, davra olib yurmoq yoki uchmoq. ◆ Juda balandda, xuddi koʻk gum-bazining ostida, qandaydir kattakon bir qush qanotlarini boricha yozib, asta doira chizmoqda. S. Anorboyev, „Oqsoy“ . ◆ Qilich yalan-gʻochlaganlar orqasida doira yasab otliqlar ham turardi. Mirmuhsin, „Temur Malik“ .

2 koʻchma Belgili bir chegara, aniq bir hudud ichidagi joy. ◆ Shahar doirasida. n ◆ Adabiyotda umr boʻyi tutab yurgan yozuvchi hech qachon oʻz mahallasi doirasidan tashqariga chiqmaydi, lekin oʻzini klassik hisoblaydi. K. Qahhorova, „Chorak asr hamnafas“ .

3 koʻchma Biror ish-harakat, qonun-qoida va sh. k. davom etishi, joriy boʻlishi, tar-qalishi ehtimol boʻlgan belgili hudud, joy. ◆ Front doirasidagi shaharlardan koʻchirib keltirilayotgan odamlarni joylashtirishga tayyorgarlik koʻrish lozim edi. R. Fayziy, „Hazrati inson“ . ◆ ..bola tarbiyasi, uning axloq-odobini faqat oila doirasiga bogʻlab qoʻysak, roʻy bergan hozirgi yangi sharoitga toʻgʻri kelmaydi. N. Safarov, „Olovli izlar“ .

4 koʻchma Chegara, chek, ramka. ◆ Insof doi-rasi. Fikr doirasi. Taʼsir doirasi. n ◆ Kamina adab doirasidan zarracha chiqmagan boʻlsa kerak. Oybek, „Navoiy“ . ◆ Fargʻonadagi kengash Umidning dunyoqarash doirasini ancha kengaytirdi. Mirmuhsin, „Umid“ .

5 koʻchma Belgili bir soha, kasb yoki tabaqa va sh. k. ahli; kishilar yigʻindisi, uyushmasi. ◆ Yuqori doiralar. Xabardor doiralar. Jurnalistlar doirasi. shsh Gulandom bunday turmushdan nafrat qilar, bu iflos doiradan, fahsh uyasidan qutulishni istar..

edi. Oybek, Tanlangan asarlar. ◆ ..mavlono Behzod chizgan Alisher Navoiy va Husayn Boy-qaro tasvirlari rasmiy doiralarda shuhrat topgan edi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

doira II

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

do-i-ra

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
Aylana shaklidagi, gardish-simon urma musiqa asbobi; childirma, daf. ◆ Doira chalmoq. n ◆ Boloxonaning tokchasida doira, tanbur, dutor va rubob kabi musiqiy asboblar bor edi. S. Ayniy, „Esdaliklar“ . ◆ Childirmachi pastga sakrab tushib, doirasini qizdirib keldi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .


Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ДОИРА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

doira

OʻTIL