Al-bidoya val-nihoya
Kitoblar jamlanmasi | |
Asl nomi | arabcha: البداية والنهاية |
---|---|
Muallif(lar) | Ibn Kasir |
Muqova artist(lar)i | 14 jild |
Mamlakat | Mamluk sultonligi |
Til | arabcha |
Janr(lar)i | Islom tarixi |
Nashr etilgan sanasi | 768-hijriy |
Sahifalar soni | 10125 |
ISBN | 978-9953520841 |
Al-Bidoya van-nihoya (arabcha: البداية والنهاية — „Boshlanish va tugash“) yoki „Tarixi ibn Kasir“ („Ibn Kasir tarixi“) — ahli sunna olimi Ibn Kasirning islom tarixiga oid yirik hajmli asari[1][2].
Umumiy tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibn Kasirning mazkur asari islom tarixiga oid eng mo‘tabar manbalardan biri hisoblanadi. Kitobning o‘ziga xos jihati shundaki, unda nafaqat oʻtmish hodisalari, balki Muhammad (s.a.v.) zikr qilgan kelajakdagi voqealar haqida ham maʼlumot berilgan. Kitobning turli jildlarida islom taʼlimotiga ko‘ra, inson yaratilishining boshlanishi va uning yer yuziga yuborilishi, payg‘ambarlar hayoti, sahobalar davri va hijriy VIII asrgacha bo‘lgan voqealar haqida so‘z yuritiladi[2]. Oxirgi jildda musulmonlar eʼtiqodiga ko‘ra, odamlar jannatga yoki jahannamga kiradigan vaqt, yaʼni qiyomat kunining alomatlari kabi kelajak voqealari bashorat qilingan[1].
Asarning ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu kitob islom tarixi bo‘yicha muhim qo‘llanma vazifasini o‘taydi. Ibn Kasir ishonchli va birlamchi manbalar asosida ko‘plab maʼlumotlarni to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Asar ingliz va yana ko‘plab tillarga tarjima qilingan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Robinson, Chase F. (2003). Islamic Historiography. Cambridge University Press. p. 134. ISBN 978-0-521-62936-2. Retrieved 29 November 2022..
- ↑ 2,0 2,1 Petry, Carl F. (26 May 2022). The Mamluk Sultanate. Cambridge University Press. p. 229. ISBN 978-1-108-47104-6. Retrieved 29 November 2022..